Page 81 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 81

N.A.Kachinskiyning  ko‘rsatishicha,  kapillyarlar  diametri  8  mm  dan  kichik,
            ayniqsa, 100 mk - 3 mk (mikron) oralig‘ida bo‘lganda kapillyarlik yaxshi ifodalanadi.
            Chunki,  diametri  jihatdan  katta  kapillyarlarda  (8  mm)  kapillyar  suvlarni  harakatga
            keltiruvchi  botiq  yoki  qabariq  yuza  vujudga  kelmaydi.  Diametri  3  mk  dan  kichik
            bo‘lgan kapillyarlar esa doimo sorbsiya qilingan suvlar bilan band bo‘lib, kapillyar
            suvlar harakatiga to‘sqinlik qiladi.
                   Eritmaning  tuproq  kapillyaridagi  tabiatining  matematik  ifodasini  Laplasning
            (1807) quyidagi formulasi bo‘yicha ifodalash mumkin:

                                                             1    1  
                                                  R=K+σ       +     
                                                                      
                                                              R 1  R 2  
                   bu yerda,
                   R-kapillyar suv yuzasi vujudga keltirilgan normal bosim;
                   K-erkin suv yuzasining normal bosimi;
                   σ -eritmaning yuza tortilish kuchi;
                   R 1 va R 2 – menisk kuchlarni vujudga keltirgan kapillyarlar radiusi.
                   Menisk kuchlar pastga tomon yo‘nalgan bo‘lsa (qabariq yuza) musbat, agarda
            ular yuqori yo‘nalgan bo‘lsa (botiq yuza) – manfiy hisoblanadi.
                   Agarda biz shartli ravishda tuproq kapillyarini silindr shaklida deb faraz qilsak,
            bunda  R 1  va  R 2  lar  o‘zaro  teng  bo‘lib  yuqoridagi  formula  quyidagi  ko‘rinishda
            bo‘ladi:
                                                            1    1        2
                                                R=K+ σ        +     =  K +
                                                                    
                                                          
                                                           R 1  R 2       R
                   Bu  formulani  kapillyardagi  suyuqlik  vujudga  keltirgan  uch  turdagi  menisk
            holatga qarab quyidagi ko‘rsatkichlarni olish mumkin:
                   1. Suyuqlik yuzasi tekis, ya’ni menisk yuza hosil bo‘lmagan. Bunda yuqoridagi
            formula quyidagicha tus oladi:
                                                           2 
                                                    P=K+       =  K +  O =  K
                                                            
                   Ya’ni,  bunda  kapillyar  ichidagi  suyuqlik  bilan  ko‘tarilishni  ta’min  etuvchi
            bosim bir-biriga teng, hech bir ko‘tarilish bo‘lmaydi.
                   2. Menisk yuzasi qabariq (musbat kuch). Bunda Laplas formulasi quyidagicha
            tus oladi.
                           2 
                   R=K+        bunda qabariq yuzada hosil bo‘lgan normal bosim birinchi holatdagi
                            R
            bosimdan katta bo‘ladi.
                   3. Menisk yuza botiq (manfiy kuch) bo‘lganda Laplas formulasi quyidagicha
            ifodalanadi.
                                                             1  1        2 
                                                  P=K+σ       +     =  K −
                                                             R  R         R
                   Keyingi  holatdagi,  botiq  yuza  vujudga  keltirilgan  manfiy  kuch  (bosim)
            suyuqlikni  ma’lum  bir  balandlikkacha  (h  sm  da)  ko‘tarilishiga  sabab  bo‘ladi.  O‘z
            navbatida  bu  ko‘tarilish  menisk  yuza  hamda  suyuqlik  ko‘tariladigan  erkin  yuza
            o‘rtasidagi bosim tenglashguncha davom etadi.
   76   77   78   79   80   81   82   83   84   85   86