Page 76 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 76
23-rasm. Tuproqdagi suv shakllarining sxematik ko‘rinishi:
1-tuproq zarrachalari gigroskopik suv bilan; 2-maksimal gigroskopik suv;
3-4- parda suv; 5-gravitatsion suv bilan o‘ralgan.
Biz yuqorida keltirilgan klassifikatsiyalarni inobatga olib tuproqda suvning
quyidagi shakllarini ko‘rib chiqamiz: kimyoviy bog‘langan suv, bug‘simon suv,
gigroskopik suv, parda suv, kapillyar suv va gravitatsion suv (23-rasm).
Bug‘simon suv. Suyuq va qattiq holdagi suv bilan egallanmagan yoki qisman
egallangan kovakliklarda saqlanadi. Bug‘simon nam tuproqdagi barcha turdagi
suvlarning bug‘lanishidan hosil bo‘ladi.
Bug‘simon suv tuproqda ikki yo‘l bilan: diffuziya natijasida, ya’ni suv
bug‘larining tarangligi yuqori bo‘lgan joydan, past joyga qarab harakat qiladi va havo
oqimi bilan birga harakatlanadi. Bug‘simon suv harakati atmosfera haroratiga
bog‘liq. Kunduzi tuproq yuzasining harorati pastdagi qatlamga nisbatan yuqori
bo‘lganda, suv bug‘lari yuqoridan pastga qarab, kechasi soviganda, aksincha, pastdan
yuqoriga harakat qiladi.
Tuproqdagi bug‘simon suv miqdori juda kam (0,001 %) bo‘lsa-da, namning
tuproqda teng tarqalishida katta rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, bug‘simon suv
o‘simliklarning ildiz tukchalarini qurib qolishdan saqlaydi. Tuproq namligi kamdan-
kam hollarda maksimal gigroskopiklikka nisbatan (tuproqning eng yuqori
qatlamlaridan tashqari) past bo‘lganidan, tuproq havosining namligi 100 % darajasida
ushlanib turiladi hamda o‘simlik ildizlari uchun maqbul sharoit yaratiladi.
Gigroskopik suv. Odatdagi ochiq sharoitda yotgan tuproqdan birorta idishga
0
namuna olib, uni uzluksiz 4-6 soat davomida maxsus termostatda 100-105 C atrofida
quritiladi, so‘ng tarozida tortiladi. Quritilgan tuproqni ochiq joyda bir oz (2-3 soat)