Page 72 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 72

tuproqlarda (ular yarim gidromorf  tuproqlar deyiladi: o‘tloqi-qora, o‘tloqi-kashtan va
            boshqalar) kamayib (erta bahorda) va oshib (yozda) boruvchi tuproq namligi bir-biri
            bilan  almashinib  turadi.  Suvda  eriydigan  tuzlar  yuza  qatlamlarda  emas,  kapillyar
            hoshiyaning  ustki  qismida  to‘planadi.  Agar  sizot  suvlari  sho‘rlanmagan  bo‘lsa,
            mazkur suv rejimida yuqori unumdor vayaxshi namlangan tuproqlar shakllanadi.
                   Toshqin suv rejimi – daryo yoqalari va deltalarida, tuproq yuzasi bir necha yil
            davomida bir marta yoki yiliga toshqinlari natijasida suv bosadigan hududlar uchun
            xarakterlidir.  Bu  suv  rejimi  barcha  tabiiy  mintaqalarda  tarqalgan  bo‘lib,  allyuvial
            yotqiziqlar to‘planishiga olib keladi.
                   Tabiiy  mintaqalar  va  relefning  joylashishiga  bog‘liq  holda  suv  toshqinlari
            oralig‘ida  toshqin  suv  rejimi  boshqa  suv  rejimi  bilan  almashinadi  (yuviladigan,
            yuvilmaydigan, terlaydigan va boshqalar).
                   Amfibial  suv    rejimi  -  tuproqlar  doimiy  yoki  uzoq  muddat  suv  bosadigan
            hududlar  (dengiz  va  ko‘llarning  sayozliklari,  daryo  etagi  va  qirg‘oqlardagi  past,
            qamishzor, tuqay yerlar) uchun xarakterli hisoblanadi.
                   Muzlaydigan  suv  rejimi  -  shimoliy  sovuq  viloyatlar  tuproqlariga  xosdir.
            Muzlagan qatlamning yozda uncha chuqur erimasligi, suv o‘tkazuvchanligini va yoz
            davrida  haroratning  pastligi  va  yog‘ingarchilikning  ko‘pligi,  bug‘lanish  va
            desuksiyaning kamligi tufayli tuproq yil bo‘yi juda nam bo‘lib turadi. Yil davomida
            tuproq-gruntning atigi 0,4-0,6 m qatlami suv almashinishi bilan band bo‘ladi.
                   Harakatsiz suv rejimi - ortiqcha namlangan botqoq tuproq uchun xarakterlidir.
            Yilning  ko‘p  qismi  davomida  tuproqda  to‘liq  nam  sig‘imi  chegarasida  namlik

            saqlanadi, faqatgina qurg‘oqchil davrlar birmuncha kamayadi.
                   Davriy  harakatsiz  suv  rejimi  –  sizot  suvlari  sathi  mavsumiy  o‘zgarib  turishi
            yaqqol  ifodalangan,  sizot  suvlari  ta’sirida  namlanadigan  botqoq  tuproqlarda
            kuzatiladi.  Bunda  tuproq  namligi  to‘liq  nam  sig‘imidan  eng  kam  nam  sig‘imi
            darajasigacha o‘zgarib turadi
                   Irrigatsion suv rejimi - sug‘orib dehqonchilik qilinadigan sharoitda tuproqning
            qo‘shimcha  ravishda  namlanishi  natijasida  ro‘y  beradi.  O‘sish  davrida  tuproqning
            ko‘plab marotaba namlanishi bu tipdagi suv rejimining muhim xususiyatidir.
                   Quritish  suv  rejimi  -  botqoq  va  botqoqlashgan  tuproqlarni  sun’iy  quritish
            natijasida  yuzaga  keladi.  Bu  suv  rejimi  quritish  tipi  va  me’yori,  quritishdan  keyin
            sizot suvlarining yotish chuqurligi bog‘liq ravishda sezilarli o‘zgarishi mumkin.
                   Suv  rejimini  boshqarish  -    tuproq namligini to‘plash  va  saqlashga  qaratilgan
            meliorativ (botqoq va zax yerlarni quritish, sug‘orish, namlikni boshqarish), o‘rmon
            meliorativ  va  agrotexnik  (qor  to‘plash,  chuqur  yumshatish  va  boshqalar)  tadbirlar
            orqali amalga oshiriladi.
                   Tuproq  suv  rejimi  tipini  ajratishda  mazkur  dalaning  tabiiy  nam  bilan
            ta’minlanganlik  darajasini  hisobga  olish  zarur.  Bu  ko‘rsatkich  quyidagi  formula
            yordamida hisoblanadi:
                                                                MA
                                                            e =
                                                                 E
                   bu erda,
                   e - ma’lum dalani nam bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi;
                   A-yillik yog‘in-sochin miqdori mm suv ustunida;
   67   68   69   70   71   72   73   74   75   76   77