Page 69 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 69
2. Joyning geografik kengligi.
Tuproq haroratining sutkalik o’zgarishi amplitudasi asosan quyoshning tushki
paytdagi balandligi bilan aniqlanadi. Ekvatordan qutb tomon siljigan sari, ya’ni
kenglik oshgan sari quyoshning tushki paytdagi balandligi kamaya boradi. Shuning
uchun kenglik oshgan sari amplitude ham kamayadi. Eng katta amplitudalar
subtropik cho’llarda kuzatiladi. Cho’lda qum kunduzi kuchli qiziydi, kechasi esa
samarali nurlanish katta, demak qum yuzasi kuchli soviydi. Natijada qum yuzasi
0
haroratining sutkalik o’zgarishi amplitudasi 50-60 C gacha yetadi. Eng kichik
amplitudalar qutbga yaqin mamlakatlar tuprog’ida uchraydi.
3. Bulutlik. Bulutli kunda tuproq yuzasi haroratining sutkalik o’zgarishi
amplitudasi, havo ochiq kundagidan ancha kam bo’ladi.
4. Tuproqning issiqlik sig’imi va issiqlik o’tkazuvchanligi. Amplituda
tuproq issiqlik sig’imi va issiqlik o’tkazuvchanligiga teskari mutanosib bog’langan.
Tuproqning issiqlik sig’imi qanchalik katta bo’lsa, u kunduzi shuncha kam isiydi va
kechasi shuncha kam soviydi, demak harorat tebranishi amplitudasi ham kam bo’ladi.
Amplitudaning issiqlik o’tkazuvchanlikka bog’liqligi ham xuddi shunday xususiyatga
ega.
5. Tuproq rangi. To’q tusli tuproqlar yuzasi haroratining sutkalik o’zgarish
amplitudasi, yorqin tuproqnikidan katta. Chunki to’q tusli tuproqlar kunduzi quyosh
radiatsiyasini yorqin tuproqdan ko’p yutadi va buning oqibatida kuchli isiydi.
Kechasi to’q tusli tuproq yorqin tuproq esa kam isiydi. Kechasi to’qtusli tuproq
yorqin tuproqdan kuchli soviydi, quruq va g’ovak tuproq yuzasining harorat
o’zgarishi amplitudasi nam va zich tuproqnikidan katta.
6. O’simlik va qor qoplami. O’simliklar qoplami tuproq yuzasi haroratining
sutkalik o’zgarish amplitudasini kamaytiradi. Chunki quyosh radiatsiyasi o’simlik
qoplamidan o’tishda ancha miqdorda ozayadi va tuproqni kam qizitadi, kechasi esa
tuproqning uzun to’lqinli nurlanishini o’simliklar to’sib qoladi, natijada tuproq kam
soviydi. Qor qoplamining issiqlik o’tkazuvchanligi juda kam. Shuning uchun qish
vaqtida qor qoplami tuproqni juda ham sovib ketishdan saqlaydi.
Umuman, qor va o’simlik ostidagi tuproq harorati amplitudasi ochiq
yerdagidan kichik bo’ladi.
7. Joining relyefi. Janubga qaragan yonbag’irlar kunduzi tekislikka qaraganda
kuchliroq qiziydi. Shimolga qaragan yonbag’irlar esa eng kam isiydi, g’arbiy
yonbag’ir esa sharqiy yonbag’irdan ko’proq isiydi. Tuproq haroratining o’zgarish
amplitudasi ham ularga mos ravishda o’zgaradi.
Tuproq yuzasi haroratining yil davomida o’zgarishini yillik o’zgarishi
dab yuritiladi.
Tuproq haroratining yillik o’zgarishi ham xuddi sutkalik o’zgarishi kabi
asosan radiatsion balansning yillik o’zgarishi bilan bog’langan.
Tuproq yuzasining o’rtacha oylik haroratining eng katta qiymati shimoliy
yarimsharda iiyul-avgust oylariga, eng oz qiymati esa yanvar-fevral oylariga tog’ri
keladi. Yil davomidagi tuproq yuzasi o’rtacha oylik haroratlarining eng katta va eng
kichik qiymatlari orasidagi ayirmani tuproq haroratining yillik o’zgarish amplitudasi
deyiladi.