Page 70 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 70
Tuproq yuzasi haroratining yillik o’zgarish amplitudasiga joining geografik
kengligi, relyefi, o’simlik va qor qoplami, tuproqning issiqlik sig’imi va issiqlik
o’tkazuvchanligi, tuproq rangi va bulutliklar ta’sir qiladi. Tuproq yuzasi haroratning
yillik o’zgarish amplitudasi, geografik kenglik oshgan sari ortadi (sutkalik o’zgarish
amplitudasi esa geografik kenglik oshgan sari kamaydi).
0
0
0
0
Masalan, 10 C shimoliy kenglikda, amplitude 3 C ga, 30 C kenglikda 10 C
0
0
atrofida, 50 C kenglikda esa ortacha 25 C gat eng. Quruqliklarning qutbiy
0
hududlarida esa yillik amplitude 70 C dan ham katta bo’ladi.
Mustaqil ishlash uchun savollar:
1. Tuproq yuzasi haroratining sutkalik o’zgarish deganda nimani tushunasiz?
2. Tuproq yuzasi haroratining sutkalik o’zgarishining amplitudasi deb nimaga
aytiladi?
3. Tuproq yuzasi haroratining sutkalik o’zgarishi amplitudasiga nimalar ta’sir
qiladi?
4. Yil fasillari bo’yicha tuproq yuzasi haroratining sutkalik o’zgarishi
amplitudasida o’zgarishlar sodir bo’ladimi?
TUPROQ SUV REJIMI ELEMENTLARINI O‘LCHASH VA
ANIQLASHNI O‘RGANISH.
Tuproqda suvning to‘planishi, uning harakati va fizik holatining o‘zgarishi,
tuproq qatlamlarida ushlanib turilishi hamda sarfi kabi barcha hodisalar majmuasiga -
tuproqning suv rejimi deyiladi. Yog‘ingarchilikni bug‘lanishga nisbati G.N.Visotskiy
va N.N.Ivanovlar tomonidan taklif qilingan namlanish koeefitsienti (NK) bilan
xarakterlanadi.
G.N.Visotskiy va Rodelar bu ko‘rsatkichlarni e’tiborga olib, tuproq
qatlamlarida doimiy muz qatlamining mavjudligi yoki yo‘qligi, butun yil davomida
tuproqning qaysi qalinlikdagi qatlami suv bilan band bo‘lishi hamda suvning bu
transformatsiyasida pastga oquvchi yoki yuqoriga ko‘tariluvchi suvlarning qaysi biri
ustun bo‘lishi, suvning kirimi va sarfiga qarab, tuproq suv rejimining to‘rtta asosiy
tipini aniqlagan. Hozirgi vaqtda suv rejimini 14 ta tipga (Ganjara, 2001), ya’ni
yuviladigan, davriy yuviladigan, yuvilmaydigan, arid (quruq), terlaydigan,
desuktiv-terlaydigan, toshqin, ambifial, harakatsiz, davriy harakatsiz, muzlaydigan,
irrigatsion, quritish va boshqarish suv rejimlari tiplariga ajratish qabul qilingan.
Yuviladigan suv rejimi – yog‘in miqdori bug‘lanishga qaraganda ko‘p bo‘lgan
gumidli o‘rmonzor mintaqalarida (tayga-o‘rmon mintaqalari, nam tropik va
subtropik) shakllanadi (NK > 1). Atmosfera yog‘inlari har yili tuproq profilini grunt
suvlarigacha namlaydi. Shuning uchun tuproq sernam bo‘ladi, harakatchan
mahsulotlarning ustki qatlamlardan pastga yuvilib tushishiga sababchi bo‘ladi. Bu
rejimda tuproq-gruntning juda katta qatlamida yog‘in-sochin suvining
transformatsiyasi kuzatiladi. Xarakterli tomoni shuki, tuproqning vertikal profilida bir
yil emas, balki ko‘p yillar davomida pastga oquvchi suvlar ustunlik qiladi. Tuproq
qatlamidagi namlik ko‘rsatkichi uning yuqori qismida o‘simliklarni so‘lish namligi
darajasiga yaqin kelmaydi. Bu suv rejimi o‘ziga xos tuproq tipini - podzol yoki