Page 68 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 68

kartoshka
            Makkajo’xori,                     6-8                     31-34                   40-46
            tariq,      sudano’t,
            soya
            Loviya,  oq  jo’xori,            10-12                    32-36                   44-46
            kanakungut kanop

            G’o’za,          sholi,          10-14                    32-35                   40-44
            qovoq, yeryong’oq
            Qovun,         tarvuz,           10-14                    31-36                   40-44
            bodring

                   Mustaqil ishlash uchun savollar:
                    1. Tuproq harorati deganda nimani tushunasiz?
                    2. Maksimal harorat  termometri qanday bo’ladi?
                    3. Minimal harorat termometri qanday bo’ladi?
                    4. Tuproq yuzasi haroratini o’lchash uchun termometrlarni qanday o’rnatiladi?
                    5. Tuproq haroratini o’lchashda qanday termometrlardan foydalaniladi?

                            TUPROQ TEMPERATURASINI SUTKALIK VA YILLIK
                                       O‘ZGARISHLARINI O‘RGANISH.

                    Tuproq  yuzasining  tuproq  harorati  asosan  radiatsion  balansga  bog’liq
            ekanligini  aytganmiz.  Radiatsion  balans  kattaligi  esa  sutka  va  yil  davomida
            o’zgarganidan tuproq yuzasining harorati ham sutka va yil davomida o’zgarib boradi.
                    Tuproq  yuzasi  haroratining  sutka  davomida  o’zgarishining  borishini  uning
            sutkalik  o’zgarish  deyiladi.  Tuproq  yuzasi  haroratining  sutkalik  o’zgarishi  1  ta
            minimum (eng oz qiymat)ga va 1 ta maksimum (eng yuqori qiymat)ga ega. Tuproq
            yuzasi haroratining minimal qiymati havo ochiq kuni ertalab quyosh chiqishi oldidan
            kuzatiladi. Bu vaqtda radiatsion balans hali manfiy, tuproq bilan yerga yaqin havo
            qatlamlari orasidagi issiqlik almashinish juda kam bo’ladi. Quyosh chiqqandan keyin
            biroz  vaqt  o’tgach  radiatsion  balans  musbat  ishoraga  o’tadi  va  quyoshning  ufqdan
            balandligi oshgan sari ortib boradi, natijada tuproq harorati ham ortib borib o’zining
            maksimal  qiymatiga  mahalliy  vaqt  bilan  soat  16  larda  erishadi.  So’ngra  radiatsion
            balansning kamaya borishi sababli tuproq yuzasining harorati pasayib borib ertalab
            quyosh chiqishi oldidan minimum qiymatiga tushib qoladi.
                    Tuproq  yuzasi  harorati  sutkalik  o’zgarishining  ko’rsatilgan  tarzda  borishi
            bulutlik,  yog’ingarchilik  va  shamollar  ta’sirida  o’zgarishi  mumkin.  Bunda    tuproq
            haroratining maksimumi va minimum boshqa vaqtlarga suriladi.
                    Sutka davomida tuproq yuzasi haroratining eng katta va eng kichik qiymatlari
            ayirmasini  sutkalik  o’zgarishining  amplitudasi  deyiladi.  Masalan,  tuproq  yuzasi
                                                              0
                         0
            kunduzi 50 C gacha isigan, kechasi esa 20 C gacha sovigan bo’lsa, tuproq harorati
                                                               0
                                                        0
            sutkalik  o’zgarishining amplitudasi 50 C-20 C gat eng bo’ladi.
                    Tuproq yuzasi haroratining sutkalik o’zgarishi amplitudasiga quyidagilar ta’sir
            qiladi:
                   1. Yil fasllari. Yozda amplituda eng katta, qishda esa eng kam bo’ladi.
   63   64   65   66   67   68   69   70   71   72   73