Page 63 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 63

bu yerda,

                   Q – yig‘indi radiatsiya;

                   E s – samarali nurlanish.

                   Yuqoridagi formula quyidagicha ham yozish mumkin:

                   V = S + D – (S + D)·A + E a– E yer=(S + D)(1 – A) – E s= Q(1 – A) – E s
                          1
                                                             1
                                    1

                   bu yerda,

                   A – faol yuzaning albedosi.

                   Yutilgan radiatsiya Q (1–A) taglik yuzaning isishida, samarali nurlanish Es esa
            taglik yuzaning sovishida  faol  rol o‘ynaydi. Sutka  davomida yig‘indi  radiatsiya va
            samarali  nurlanish  miqdorlari  uzluksiz  o‘zgarganidan  radiatsion  balansning
            qiymatlari ham uzluksiz o‘zgaradi.
                   Osmon bulut bilan to‘la qoplanganda va erga to‘g‘ri radiatsiya tushmayotganda
            V = D – Rq – Es kechasi esa qisqa to‘lqinli qaytgan radiatsiya ham bo‘lmaganligidan
            radiatsion balans V qiymatlari manfiy bo‘ladi: V = Ea– Eyer= - E s ga teng bo‘ladi
                   Radiatsion  balansni  bilish  amaliy  qiziqishga  ega.  Chunki  V  ning  qiymatiga
            qarab faol yuzaning isishi va sovishini aniqlaymiz.
                   Agar  faol  qatlamga  tushuvchi  radiatsiyalar  oqimlarining  yig‘indisi,  faol
            qatlamdan ketuvchi radiatsiya oqimlari yig‘indisidan katta bo‘lsa, faol qatlam isiydi.
            Aks holda esa faol qatlam soviydi.
                   Radiatsion  balansni  turlicha  oraliqlari  (minut,  soat,  sutka,  oy  va  yil)  uchun
            hisoblash mumkin va u musbat yoki manfiy bo‘ladi.
                   Radiatsion  balans,  odatda,  kunduzi  musbat  (eng  sovuq  davrlarni  hisobga
            olmaganda), kechasi esa manfiy bo‘ladi.
                   Quyosh  botishiga  1-2  soat  qolganda  radiatsion  balans  manfiy  qiymatlarga
            o‘tadi yoki kechga yaqin Quyoshning ufqdan balandligi 10-15° ga teng bo‘lishidan
            boshlab V ning qiymatlari manfiy bo‘ladi. Quyosh balandligi 10-15° dan oshgach V
            ning qiymatlari yana musbat ishoraga o‘tadi.
                   Agar  qor  qoplami  mavjud  bo‘lsa,  Quyosh  balandligi  20-25   ga etgandan
                                                                                            0

            keyingina V musbat qiymatlarga o‘tadi.
                   Kunduzi h o  ortishi bilan V ning qiymatlari ham orta boradi, tushdan keyin h o
            ning kamayishi bilan V ning qiymatlari ham kamayadi.
                   O‘zbekistonning shimoliy hududlari uchun radiatsion balansning yillik qiymati
                         2
                                                                                                        2
            1885 MJ/m , janubiy hududlari uchun 2807, baland tog‘li hududlarda 1424 MJ/m  ga
            yaqin.
                   O‘zbekistonning eng janubiy hududlari va sovuq havo oqimlari kiraolmaydigan
            joylar uchun V yil bo‘yi musbat bo‘ladi.
                   O‘zbekistonning eng shimoliy hududlari va respublikamiz hududlarining katta
                                                                                                    2
            qismida  qish  davrida  ba’zi  yillari  V  ning  qiymati  –  4,19  dan  –  29,3  MJ/m gacha
            qiymatlarga  ega  bo‘lishi  mumkin.  Respublikamizda  radiatsion  balansning  manfiy
            qiymatlardan  musbat  qiymatlargacha  o‘rtacha  mart  oyi  boshlarida  o‘tadi.  Musbat
   58   59   60   61   62   63   64   65   66   67   68