Page 62 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 62
qanday tezlik bilan tenglashishini ko‘rsatadi.
Tuproq namligi ortishi bilan issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, hajmiy
issiqlik sig‘imiga qaraganda tezroq ortadi. Chunki, tuproq zarrachalari o‘rtasida namlik
ko‘pincha vositachini boshqaradi va haroratni o‘tish jarayonini tezlashtiradi. Shuning
uchun suvning harorat o‘tkazuvchanlik koeffitsienti juda kamligiga qaramasdan nam
tuproqlar, quruq tuproqqa nisbatan bir muncha yuqori harorat o‘tkazuvchanlik
koeffitsientiga ega
Tuproqning issiqlikni o‘zlashtiruvchanligi. Tuproqning issiqlikni to‘plash
qobiliyatini uning issiqlikni o‘zlashtiruvchanligi deyiladi.
Bu kattalikni issiqlik o‘zlashtiruvchanlik koeffitsienti b bilan tavsiflanadi.
Issiqlik o‘zlashtiruvchanlik koeffitsienti b ning miqdori va cx larning kattaligiga
bog‘liq ravishda o‘zgaradi va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
b = с х = с .
Issiqlik o‘zlashtiruvchanlik koeffitsienti J/m C birlikda o‘lchanadi.
2
Tuproq namligi kuchayishi bilan uning issiqlik o‘zlashtiruvchanligi ortadi.
G‘ovak tuproqning issiqlik o‘zlashtiruvchanligi, zich tuproqnikidan oz. Shuning
uchun uni tuproqqa ishlov berish tadbirlarida foylanish mumkin.
Mustaqil ishlash uchun savollar:
1. Tuproqning issiqlik-fizik xususiyatlariga nimalar kiradi?
2. Tuproqning issiqlik sig‘imi nechi xil bo‘ladi?
3. Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi deganda nimani tushunasiz?
4. Tuproqning harorat o‘tkazuvchanligi deganda nimani tushunasiz?
5. Tuproqning issiqlikni o‘zlashtiruvchanligi deganda nimani tushunasiz?
TUPROQ USTKI QATLAMI ISSIQLIK BALANSINI O‘RGANISH
USULLARI.
Faol yuzaning radiatsion balansi deb, bu yuzaga tushuvchi va undan ketuvchi
nurlanishlar oqimlari ayirmasiga aytiladi.
Radiatsion balansning kirish qismini gorizontal yuzaga tushuvchi to‘g‘ri
1
radiatsiya S , sochilgan radiatsiya D va atmosferaning uchrashuvchi nurlanish Ea
tashkil qiladi. Radiatsion balansning chiqish qismi esa qisqa to‘lqin uzunlikli qaytgan
radiatsiya Rq va yer sirtining nurlanishi Eyer lardan iborat.
Agar faol yuzaning radiatsion balansini V harfi bilan belgilasak, faol yuzaning
radiatsion balansining umumiy ko‘rinishini quyidagicha ifodalash mumkin:
1
B = S + D + E a – R k – E yer,
S +
yoki Q= 1 D ekanligini nazarga olsak
B = Q + E a – R k – E yer = Q – R k – (E yer– E a) = Q – R k – E s