Page 67 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 67
tuproqning 5, 10, 15 va 20 sm chuqurliklardagi haroratini o’lchashga mo’ljallangan 4
ta termometr bor.
Tirsakli termometrlarni ham tuproq yuzasining xaroratini o’lchash uchun
termometrlar joylashtirilgan maxsus maydonchga o’rnatiladi.
Ko’chma sharoitlarda tuproqning 30 sm gacha chuqurlikdagi haroratini
o’lchash uchun termometr shchup ishlatiladi.
Bunday termometrning pastgi qismi konussimon uchlik qilib tayyorlangan
metal g’ilofning ichiga joylashtiriladi. Termometr rezervuari ham konussimon uchlik
ichiga joylashtirilgan. Metal g’ilof ustki tomonida termometr shkalasini ko’rish
uchun bo’ylama kesik qo’yilgan. Termometr shchupni vertical ravishda o’rnatish
kerak.
Tuproqning katta chuqurlikdagi haroratini TPV-50 tipidagi simobli tortma
termometrlar bilan o’lchanadi. To’liq to’plamda 8 ta tortma termometr bor bo’lib,
ularni 20, 40, 60, 80, 120, 160, 240 va 320 sm chuqurliklarga o’rnatiladi.
Bunday termometrlarni ko’p yillarda kuzatishga mo’ljallab ko’chmas qilib
o’rnatiladi.
Hozirgi vaqtda meteorologik stsnsiyalarda tirsakli va tortma termometrlar
o’rniga elektr termometrlarni o’rnatish keng yoyilmoqda. Elektr termometrlar bilan
tuproqning turli chuqurlikdagi haroratini xizmat xonasining o’zidan turib o’lchash
mumkin, bunday termometrlar bilan o’lchash masofadan turib amalga oshirilgani
uchun tuproq tabiiy sharoitlari buzilmasdan qoladi.
Ma’lumki, o’simliklar urug’ining unishi, maysalari normal o’sishi va
rivojlanishi hamda organic moddalar sintezlanishi uchun ham issiqlik zarur.
Binobarin, urug’lar muayyan temperaturada unadi, agar temperature muayyan, ya’ni
urug’ning unib chiqishi uchun etarli bo’lsa, minimal, o’simliklarning o’sishi va
rivojlanishi uchun qulay bo’lsa, optimal, agar yuqori bo’lsa, maksimal temperature
deyiladi. Maksimal temperature o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishi salbiy
ta’sir etadi.
Har bir o’simlik urug’ining unib chiqishi uchun zarur temperatura, ya’ni
minimal temperature bilan o’rtacha sutkalik temperature orasidagi farq foydali
(effektiv) temperature deyiladi. Har xil o’simliklar urug’ining unishi, o’sishi va
rivojlanishida ularning minimal, optimal va maksimal temperaturagamunosabati
turlicha bo’ladi (19-jadval).
19-jadval
Urug’ning unib chiqishi va o’simliklar hayoti uchun zarur muayyan havo
temperaturasi
0
O’simliklar Temperature darajasi (0 )
minimal optimal maksimal
Beda, sebarga 0-1 28-30 35-37
Arpa, bug’doy, 1-4 22-26 28-32
suli, javdar, ko’k
no’xat
No’xat, maxsar, 3-4 25-30 32-34
lavlagi, lyupin
Kungaboqar, 6-10 26-30 34-36