Page 66 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 66

past  haroratni  o’lchash  mumkin  emas.  Chunki  bu  haroratda  simob  qotadi  va
            termometr ishdan chiqadi.
                   Maksimal  termometr  simobli,  unda  sut  rangli  shishaga  shkala  chizilgan
                                                                                                     0
            bo’lib, rezervuar silindrik yoki sharsimon bo’ladi. Shkalaning chegaralari -36 C dan
                                      0
                 0
                                                   0
            +51 C gacha yoki -21 C dan +71 C gacha bo’ladi. Shkaladagi 1 ta bo’lim qiymati
                0
            0,5 C gat eng.
                   Termometrning  maksimal  ko’rsatishi  maxsus  shifr  (shisha  tayoqcha)
            yordamida  saqlab  turiladi.  Termometrni  tayyorlashda  rezervuar  tagiga  uchi
            kapillyarga  kirib  turadigan  qilib  kichkina  shisha  shift  payvand  qilingan.  Buning
            natijasida rezervuardan kapillyarga o’tish yo’li torayib qoladi (bu holda rezervuardan
            kapillyarga o’tish yo’li kapillyardagi kanal kesimidan kichikroq kesim yuzli halqadan
            iborat bo’lib qoladi).
                   Harorat  oshganda  simob  kengayish  kuchining  ta’sirida  rezervuarning  tor
            joyidan  kapillyarga  osongina  o’tadi.  Chunki  simob  isiyotganida  kengayish  kuchi,
            kapillyarning tor joyidagi ishqalanish kuchidan katta.
                   Harorat pasayganida esa simobning hajmi kamayadi va simob ustuni kapillyar
            bo’ylab rezervuarga tomon siljiydi.
                   Ammo  simob  kapillyardan  rezervuarga  o’ta  olmaydi.  Chunki  simob
            zarrachalarining o’zaro tutinish kuchi kapillyarning tor joyidagi ishqalanish kuchini
            yengishga yetmaydi. Shuning uchun simob ustuni uzilib, kapillyarda qolgan simob
            ustuni harorat pasaya boshlagan vaqtdagi holatida, ya’ni maksimal harorat qiymatini
            ko’rsatganicha qolaveradi. Termometr shkaladagi 1 ta bo’lim qiymati 0,5 C ga teng.
                                                                                              0
                                                                                                         0
                   Minimal termometr spirtli termometrdan iborat. Unda qotish harorati -117,3 C,
                                      0
            qaynash harorati +78,5 C ga teng etil spirit qo’llanadi.
                   Minimal  harorat  termometr  kapillyaridagi  spirt  ichiga  joylashtirilgan  xira,
            ikkala  uchi  biroz  yo’g’onroq  qilib  tayyorlangan  yengil  shisha  shift  (tayoqcha)
            yordamida aniqlanadi.
                   Shiftning  termometr  kapillyari  ichki  devoriga  ishqalanish  kuchi,  spirtning
            kengayish  kuchidan  katta  va  sirt  pardasining  taranglik  kichidan  kichik  qilib
            tanlangan. Shuning uchun harorat oshganida spirt kengayib tayoqcha yonidan osonlik
            bilan  o’tadi,  ammo  harorat  pasayganida  spirtning  hajmi  kamayib  sirt  parda
            tayoqchagacha  suriladi  va  sirt  pardatayoqchani  ham  rezervuarga  qarab  suradi.
            Harorat osha boshlashi bilan shtiftcha haroratdan to’xtaydi. Shunday qilib, shtiftning
            kapillyardagi  to’xtash  vaziyati  kuzatish  muddatlari  oralig’idagi  minimal  haroratni
            aniqlash imkonini beradi.
                   Metrologik  stansiyalarda  tuproq  yuzasining  haroratini  o’lchash  uchun
            termometrlarni  maxsus  ochiq  (o’tdan  tozalangan)  va  yumshatilgan  maydon
            markaziga  o’rnatiladi.  Uchala  (muddatli,  maksimal,  minimal)  termometrlar  bir-
            biridan 10-15 sm masofaga, rezervuarlarini sharqqa qarab va tuproqqa biroz botirib
            o’rnatiladi.  Rezervuarlar  tuproqqa  zich  tegib  turishi  kerak.  Muddatli  va  minimal
            termometrlar  gorizontal,  maksimal  termometr  esa  rezervuarga  tomon  ozgina  qiya
            qilib o’rnatiladi, ya’ni rezervuarga tomon ozgina qiya qilib o’rnatiladi.
                   Tuproq haydalma qatlamining haroratini Savinov tirsakli termometrlari TM-5
            bilan  o’lchanadi.  Savinov  termometrlari  to’plam  tarzda  chiqariladi,  1  ta  to’plamda
   61   62   63   64   65   66   67   68   69   70   71