Page 71 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 71

podzollashgan,    qizil  va  sariq  tuproqlarning  shakllanishida  eng  asosiy  omil
            hisoblanadi.
                   Davriy yuviladigan suv rejimi - nam (gumidli) va yarim nam mintaqalarning
            o‘rmon-dasht va dasht tekisliklarining ishqorsizlangan qora tuproqlar, o‘tloqi  qora
            tuproqlar va o‘tloqi kashtan tuproqlari uchun xarakterlidir (NK 0,8-1,2). Bu rejimda
            tuproq  bahorda  va  yozning  birinchi  yarmida  qor  va  yomg‘ir  suvlari  shuningdek,
            atrofidagi  balandliklardan  oqib  kelgan  suvlar  ta’sirida  chuqur  namlanadi.  Yer
            betidagi  suvlar,  ko‘pincha,  sizot  suvlarga  borib  qo‘shiladi  va  davriy  ravishda
            tuproqning  chuqur  qisminigina  ishqorsizlantiradi.  Qurg‘oqchil  issiq  oylarda  suv
            ko‘tariladi. Bu suv rejimida ham sizot suvlari chuqurligigacha bo‘lgan qatlam ishtirok
            etadi.  Tuproq  vertikal  profiliga  namlik  ko‘rsatkichi  to‘la  nam  sig‘imi  darajasidan
            o‘simlikni  so‘lish  namligi  ko‘rsatkichi  o‘rtasida  tebranib  turadi.  Umuman  olganda,
            kuz,  qish,  bahor  fasllarida  to‘plangan  suv  jamg‘armasi  madaniy  o‘simliklarni
            vegetatsiyasi davomida etarli miqdorda suv bilan ta’minlaydi.
                   Yuvilmaydigan  suv  rejimida  –  yarim  nam  va  yarim  quruq  mintaqalarda
            shakllanadi (NK 1,0-0,33). Bu suv rejimi dasht mintaqasining qora tuproqlari, quruq
            dasht mintaqasining kashtan tuproqlari uchun xosdir. Bu suv rejimida tuproq qatlami
            boshdan  oyoq  namlanmasligi  va  tuproq  hosil  qilish  mahsulotlari  tuproq  profilida
            to‘planishi xarakterlidir. Tuproqlar yog‘in miqdoriga qarab, cho‘llarda 10-40 sm dan
            bo‘z tuproqli zonada 1-2,5 m gacha va qora tuproqli zonada 2-4 m gacha namlanadi.
                   Yog‘in-sochin miqdori kam bo‘lganligi sababli tuproq ustki qatlami (1-1,5 m)
            suv  almashishi  bilan  band  bo‘ladi.  Namlik  ko‘rsatkichi  DNS  dan  O‘sh  o‘rtasida

            tebranib turadi. O‘sh bilan harakterlanadigan qatlam 0-40 sm ni tashkil etib, odatda,
            yoz  oylarida  kuzatiladi.  Tabiiy  nam  bilan  mazkur  dalalar  ta’minlanmagan.  Bu
            maydonlarda qurg‘oqchilik xavfi kutiladi.
                   Arid (quruq) suv rejimi – arid qiqlimli mintaqalarda (qo‘ng‘ir yarim cho‘l va
            sur qo‘ng‘ir cho‘l tuproqlari ) shakllanadi (NK˂0,33). Yil davomida tuproq namligi
            so‘lish namligiga yaqin bo‘ladi, faqatgina atmosfera yog‘inlaridan keyin birmuncha
            oshadi.
                   Terlaydigan  suv  rejimi  -  sizot  suvlari  yuza  joylashgan  tuproqlarga  xosdir
            (NK˂0,55).  Bu  suv  rejimi  gidromorf  sho‘rhok  va  sho‘rhokli  tuproqlar  uchun
            xarakterlidir. Sizot suvi muttasil yuza joylashganda tuproq hamma vaqt nam holda
            turadi, birmuncha chuqurroq joylashganda esa, sizot suvi yuzada bo‘lgan davrdagina
            kapillyarlar  orqali  nam  kelib  turadi.  Sizot  suvlari  sathi  pasayganda  kapillyarlardan
            nam  butunlay  ko‘tarilmay  qo‘yadi  yoki  juda  kam  ko‘tariladi,  tuproq  ma’lum
            chuqurlikkacha qurib qoladi. Bu suv rejimida bug‘lanish va transpiratsiyaga yog‘in
            suvidan ko‘ra ko‘proq suv sarf bo‘ladi. Mazkur maydonlar tabiiy namlik bilan juda
            past  darajada  ta’minlangan  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham  tuproqdagi  namlik
            ko‘rsatkichi,  asosan,  sizot  suvlaridan  keladigan  kapillyar  suvlar  hisobiga  o‘zgarib
            boradi.
                   Desuktiv  -  terlaydigan  suv  rejimi  -  yarim  quruq  va  arid  (quruq)  iqlimli
            mintaqalarning terlaydigan suv rejimi xos bo‘lgan tuproqlarga qaraganda sizot suvlari
            chuqurroq  joylashgan  tuproqlar  uchun  xosdir  (NK˂0,55).  Shuning  uchun  kapillyar
            hoshiya tuproq yuzasigacha  etmaydi, lekin ildiz  tizimi  tarqalgan  chegarani qamrab
            oladi  va  faqatgina  o‘simliklar  orqali  desuktiv  ravishda  bug‘lanadi.  Bunday
   66   67   68   69   70   71   72   73   74   75   76