Page 75 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 75

tuproqda  4  xil:  gigroskopik,  imbibitsion,  kapillyar  va  gidrostatik  bosim  ostidagi
            suvlar mavjudligini, ulardan birinchi va ikkinchisi o‘simlik uchun foydali suv emas,
            chunki ular katta sorbsion kuch ta’sirida tuproqda ushlanib qolishini, qolgan 2 ta suv
            o‘simlik uchun foydali ekanligini isbotladi.
                   Keyinchalik  bu  klassifikatsiya  boshqa  olim  A.F.Lebedevning  (1919)  yangi
                                                                                                    0
            ma’lumotlari  bilan  takomillashtirildi.  Lebedev  tuproqda,  uning  harorati  0 C  dan
            yuqori bo‘lgan suvning quyidagi shakllarini ajratadi: bug‘ holatdagi suv, gigroskopik
            suv, parda suv va nihoyat gravitatsion suv.
                   S.I.Dolgov  (1948)  tuproq  qattiq  fazasining  kolloid  kimyo  nazariyasiga
            asoslanib suvning 3 xil shaklini ajratadi: sorbsion suvlar, erkin (suyuq) suvlar, bug‘
            holatdagi suv. Shu bilan birga kimyoviy bog‘langan suvlar ham ajratildi.
                   A.A.Rode (1956, 1965) tuproq gidrologiyasi sohasidagi ishlarni chuqur tahlil
            qilib,  o‘zining  yangi  ma’lumotlari  asosida  tuproqdagi  suvning  quyidagi  shakllarini
            ajratadi:
                   1.Konstitutsion va kristalizatsion suvlar (kimyoviy bog‘langan suvlar –Dolgov
            bo‘yicha)
                   2. Qattiq suv (muz)
                   3. Bug‘ holatdagi suv
                   4. Zich bog‘langan suvlar
                   5. Bo‘sh bog‘langan suvlar
                   6. Erkin (suyuq) suvlar. Bular o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
                   a) oraliq suvlar;

                   b) sorbsion - bekik suvlar;
                   v) kapillyar - osilgan suvlar;
                   g) kapillyar - pastga oquvchan suvlar;
                   d) gravitatsion tirkalgan suvlar.
                   Kimyoviy  bog‘langan  suv  shakllari  konstitutsion  va  kristalizatsion  kenja
            turlardan  tashkil  topgan.  Konstitutsion  suvlar,  odatda,  minerallar  tarkibiga  kirib,
            uning  kristallik  panjarasidan  o‘rin  oladi.  Masalan,  limonit  2Fe 2O 3∙3H 2O,  boksit
            Al 2O 3∙3N 2O  kaolinit  N 2Al 2SiO 2O 3∙N 2O  va  hokazo.  Bu  suvlar  juda  yuqori  harorat
            sharoitida  (500  -  1000°C  da)  minerallarning  tarkibidan  ajralib  chiqadi,  natijada
            minerallarning tarkibi        va xususiyati o‘zgaradi.
                   Kristallizatsion  suvlar  esa  mineral  tuzlar  tarkibida  saqlanib,  past  haroratda
            undan ajraladi. Bunda mineralning tuzilishi va tarkibi o‘zgarmaydi. Masalan, gips -
            SaSO 4∙2H 2O, mirobilit - Na 2SO 4∙10H 2O va hokazo.
                   Tuproq  tarkibidagi  suvning  bu  shakli  tuproqdagi  xech  bir  fizik  jarayonlarda,
            uning  umumiy  suv  jamg‘armasiga  ishtirok  etmay,  lekin  tuproq  va  minerallarning
            tarkibini harakterlovchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
                   Tuproq g‘ovak tizim bo‘lgani uchun, bu g‘ovaklar doimo havo va suv bug‘lari
            bilan to‘lgan bo‘ladi. Tuproqdagi bug‘simon suv ham o‘simlik uchun foydasiz. Biroq,
            bug‘ holatdagi suv o‘simlikka singadigan holatga o‘ta oladi. Qishda suv bug‘i erning
            pastki  bir  muncha  issiq  qatlamlaridan  yuqorigi  sovuq  qatlamlarga  ko‘tarilib  suyuq
            holatga  aylanadi.  Tuproqdagi  bug‘simon  suvning  harakati  diffuziya  qonuniga
            bo‘ysunadi. Bu harakat, asosan, tuproq havosining suv bug‘lariga to‘yinish darajasiga
            va haroratga bog‘liq bo‘ladi.
   70   71   72   73   74   75   76   77   78   79   80