Page 80 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 80

0-15              7,00              10,50
                                                           15-45             7,19              10,79
                      K-6. Janubiy qiyalik,
                     1050 m, olcha ekilgan                 45-60             8,30              12,45
                                                          60-150             4,84              7,26
                                                         150-170             4,20              6,30
                                                            0-9              5,87              8,81
                                                           9-35              6,42              9,63
                     K-10. Janubiy qiyalik,
                    1000 m, bodom ekilgan                  35-55             6,22              9,33
                                                          55-107             7,11              10,67
                                                         107-108             4,60              6,90

                   Bu holatni o‘rganilgan tuproqlarning organik moddalar bilan ta’minlanganligi,
            mexnik  tarkibi,  fizik  xossalari  va  boshqalar  bilan  izohlash  mumkin.  Maksimal
            gigroskopik  namligiga  bog‘liq  holda  o‘rganilgan  tuproqlarda  so‘lish  namligi  ham
            farqlanadi,  uning  eng  yuqori  ko‘rsatkichi  tuproq  profilining  o‘rta  qismiga,  ya’ni
            loylanish qatlamiga to‘g‘ri keladi.
                   Parda  suv.  Tuproq  maksimal  gigroskopik  namlik  darajasiga  etganda  tuproq
            zarrachalarining bir qismi molekulyar tortish kuchidan erkin qolishi mumkin. Mana
            shu erkin qolgan kuch, havodan o‘ziga nam singdira olmasada, lekin suyuq suv bilan
            to‘qnashganda,  bu  suvning  bir  qismini  o‘ziga  singdirib  oladi.  Bu  namlik  tuproq
            zarrachalarini yupqa parda shaklida o‘rab olganligi uchun  parda suv deb yuritiladi
            (23-rasm, 3 va 4 holat).
                   Tuproq tarkibidagi suvning bu shakli, odatda, tuproq zarrachalari (agregatlari)
            tomonidan molekulyar kuchlar ta’sirida ushlab turilganligi uchun A.F.Lebedov ularni
            maksimal molekulyar suv (MMS) deb atashni taklif etgan. MMS ko‘rsatkichi ham
            tuproqning granulometrik tarkibi hamda chirindi moddasining ko‘p - ozligiga qarab
            o‘zgarib boradi.
                   Parda suv (yoki MMS) ni tuproq zarrachalari unchalik katta kuch bilan ushlab
            turilmaganligi  uchun  uni  tuproq  bilan  yumshoq  bog‘langan  suv  deb  ataladi.  Parda
            suvni  o‘simliklar  osonlik  bilan  o‘zlashtira  olmaydilar,  lekin  tuproqda  qalin
            zarrachalardagi suv pardasi yupqa zarrachalarga suyuq holatda harakat qilib o‘tishi
            mumkin. Demak, parda suv suyuq holatda harakat qilganligi uchun tuzlarni eritadi,
            elektr o‘tkazuvchanlik kabi xossalarga ham ega bo‘ladi.
                   Kapillyar  suv.  Tuproqning  suv  o‘tkazuvchanligini  uning  kapillyar  suv
            xossalarisiz  tasavvur  qilib  bo‘lmaydi.  Tuproqda  suv  hamda  havo  harakatini
            ta’minlovchi kapillyar naychalar agregatlar oralig‘ida bo‘ladi. Chang - to‘zonlardan
            tarkib  topgan  tuproqda  ham  kapillyar  naychalar  bo‘lsada,  ular  o‘simlik  uchun
            foydasiz hisoblanadi.
                   Yog‘in  -  sochin  yoki  oqar  suvlarning  tuproq  pastki  qatlamlariga,  sizot
            suvlarning esa yuqori qatlamlarga harakati ana shu kapillyar naychalar orqali amalga
            oshadi.  Demak,  tuproq  zarracha  (agregat)  lari  oralig‘ida  hosil  bo‘lgan  kapillyar
            naychalarni to‘ldirib, menisk kuch ta’sirida pastdan yuqoriga harakat eta oladigan suv
            kapillyar suv deyiladi.
   75   76   77   78   79   80   81   82   83   84   85