Page 82 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 82
Jyuren (1718) bo‘yicha kapillyar ko‘tarilish balandligi (h) quyidagi formula
bilan ifodalanadi:
h= 2 ,
rd
bu yerda,
h – suvning kapillyarlar bo‘ylab ko‘tarilish balandligi, sm;
σ – yuza tortilish kuchi (koeffitsienti);
r – kapillyar radiusi, mm;
d – suyuqlik zichligi.
Jyuren formulasidan xulosa qilib, kapillyar ko‘tarilish balandligi h, yuza
tortilish koeffitsienti (kuchi) bilan to‘g‘ri proporsional, kapillyar radiusi hamda
ko‘tariladigan suyuqlik zichligi (konsentratsiyasi) ko‘paytmasiga teskari proporsional
bog‘lanishda bo‘lishini ko‘rish mumkin.
Yuqorida keltirilgan Laplas va Jyuren formulasidan aniqlanadiki, kapillyar
ko‘tarilish sizot suvlari yuzasidan cheksiz balandlikkacha bo‘lishi mumkin, ya’ni
kapillyar naycha diametri qancha kichik bo‘lsa kapillyar ko‘tarilish balandligi
shuncha katta, aksincha, kapillyar naychalar qancha yirik bo‘lsa suvning ko‘tarilish
balandligi shuncha kichik bo‘ladi. Demak, mexanik (granulometrik) tarkibi og‘ir
tuproqlarda suvning ko‘tarilish balandligi katta bo‘ladi.
Mixelsonning ko‘rsatishicha, mexanik zarrachalarning diametri 0,0001 mm
dan tashkil topgan tuproqlarda Laplas formulasi bo‘yicha kapillyar ko‘tarilish
balandligi 296,5 sm gacha, Tersagi bo‘yicha esa bir necha yuz metrgacha bo‘lishi
mumkin. Masalan, Zavoljening lyossimon qumoqli tuproqlarida ko‘tarilish balandligi
350 sm dan (Kachinskiy) yoki A.A.Rode bo‘yicha 600 sm dan, Mirzacho‘lning och
tusli bo‘z tuproqlarida esa 3-4 m dan (Bespalov) oshmasligi ko‘rsatiladi.
Tabiiy sharoitda olingan ma’lumotlar nazariy yo‘l bilan hisoblangan
ma’lumotlarga to‘g‘ri kelmasligining asosiy sababi – diametri jihatdan juda kichik
kovaklarning zich bog‘langan suvlar yoki havo bilan band bo‘lishidir. Bunday
sharoitda erkin suvning kapillyarlar bo‘ylab harakati uchun sharoit bo‘lmaydi.
Tuproqlarda suvning kapillyar ko‘tarilish tezligi granulometrik tarkibi har xil
tuproqlarda juda xilma-xildir. Changli qumlarda eng katta kuzatilgan balandlik 120
sm. Changli qumda ko‘tarilish 264 soat davomida amalga oshdi. Mexanik tarkib
og‘irlashgan sari bu ko‘rsatkich engil qumoq tuproqda 950 soatga, o‘rtacha qumoqda
1842 soatni, engil sozda esa 3000 soatni tashkil etganligi kuzatildi.
Tuproq profilida mexanik tarkibning pastga tomon og‘irlashuvi yoki
engillashuvi, ayniqsa mexanik tarkibi qatlam-qatlam bo‘lgan tuproqda kapillyar
ko‘tarilish tezligi va uning balandligi o‘ziga xos qonuniyatga ega.
Mexanik tarkibning vertikal profil bo‘ylab o‘zgarishi kapillyar ko‘tarilish
tezligining o‘zgarishiga olib keluvchi omil bo‘lib qolmasdan, balki har xil
miqdordagi namlikning saqlanishiga ham sabab bo‘ladi.
Namlikning tarqalish holatini quyidagi kategoriyalarga ajratildi (tuproq
vazniga nisbatan foiz miqdorida):
0-10 – o‘simlikning so‘lish namligi, tarkibidagi suv qiyin o‘zlashtiriladigan
shaklda;