Page 83 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 83
10-15 – maksimal molekulyar nam sig‘imi darajasi, qiyin o‘zlashtiriladigan suv
shaklida;
20-30 – dala nam sig‘imi (har xil mexanik tarkibli tuproqlar uchun), tarkibidagi
suv oson o‘zlashtiriladigan shaklda;
30 dan yuqori – kapillyar, hattoki to‘la nam sig‘imi, tarkibidagi suv oson
o‘zlashtiriladigan, lekin bu suv shakli tuproq qatlamlarida uzoq turishi unda havo
almashinuvining yomonlashishiga olib keladi.
Xullosa qilib etganda, tuproq mexanik tarkibining uning profilida o‘zgarishi -
bir tomondan, sizot suvlar sathining o‘zgarishi - ikkinchi tomondan o‘suv davri
davomida tuproqda kapillyar ko‘tarilish tezligi va namlikni boshqarib turadi.
Mustaqil ishlash uchun savollar:
1. S.I.Dolgovning ma’lumotiga ko’ra necha xil suv shakllari mavjud?
2. A.A.Rodening tuproq gidrologiyasi sohasidagi ishlarni chuqur tahlil qilgan
holda tuproqdagi suv shakllariga qanday ta’rif ergan?
3. Kimyoviy bog‘langan suv qahday suv va tuproqning qaysi qismida
uchraydi?
4. Parda suv va kapillyar suv deganda nimani tushunasiz?
STANSIYALARIDAN OLINGAN MA’LUMOTLARGA ASOSAN
TUPROQ IQLIMI ELEMENTLARINI GEOGRAFIK TARQALISH
QONUNLARINI O‘RGANISH, ULARNI RAYONLASHTIRISH
XARITALARINI TUZISH.
Yaqin kunlargacha tabiiy rayonlashtirish yoki rayonlashtirishning maxsus
turlarini o‘tkazishda iqlimga nisbatan bir tomonlama, ya’ni faqat atmosfera iqlimi
sifatida qaralib kelinardi. Vaxolanki, tuproq va o‘simliklarning geografik tarqalishi,
ayniqsa, ayrim rayonlar va nisbatan kichik hududlar chegarasida, faqatgina atmosfera
iqlimi bilan emas, balki tuproq iqlimi bilan ham chambarchas bog‘liqdir.
Ko‘p yillik to‘plangan kuzatuvlar va tajribalar asosida turli hududlarni tuproq
iqlimi bo‘yicha rayonlashtirish zaruriyati yuzaga keldi. Tuproq - iqlim rayonlashtirish
birinchi marta Oltoy o‘lkasi hududlarida amalga oshirildi (Shulgin, 1948).
Bunga, asosan, tuproq iqlimining – ko‘rsatkichlari, (Kolosov bo‘yicha)
tuproqning umumiy namlanishini bilvosita tavsiflovchi, havo namligining o‘rtacha
oylik etishmasligi miqdori bo‘yicha hisoblanadigan yillik yog‘in miqdorining
bug‘lanishga nisbati ko‘rinishida bo‘lgan 40 sm chuqurlikdagi tuproqning harorati va
tuproq namligi zahirasi ko‘rsatkichlari belgilandi. Rayonlashtirishda 1946 yilda
professor K.P.Gorshenin tomonidan tuzilgan MDH tuproq mintaqalari xaritasi asos
qilib olingan.
Olib borilgan ishlar natijasida (boshqa fizik-geografik sharoitlarni ham hisobga
olgan holda) Oltoy o‘lkasi hududida 4 ta tuproq-iqlim mintaqasi va 10 ta tuproq -
iqlim rayonlari ajratildi. Bu mintaqalar quyidagilar:
1) kashtan tuproqlar va janubiy qora tuproqlar tarqalgan qurg‘oqchil o‘rtacha
issiq cho‘llari;
2) oddiy qora tuproqlar tarqalgan namlik etarli bo‘lmagan o‘rtacha issiq
cho‘llari;