Page 88 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 88

issiqlik va namlik bilan o‘rtacha ta’minlangan tuproqlar uchun xosdir. Shuningdek,
            tuproq  iqlimining  boshqa  mikroiqlim  ko‘rsatkichlari  sifatida  tuproq  eng  ko‘p
            isiydigan davr va tuproq namligining minimal zahirasi ko‘rsatkichlari ham hisobga
            olinadi (25-26 jadvallar).
                                                                                                  25-jadval
            Tuproqning mintaqaviy iqlimi. Barabin pasttekisligi kichik mintaqasiga mansub
                                   janubiy hududlarining gidrotermik rejimi

                       Ko‘rsatkichlar                         Tuproq iqlimi kichik mintaqalari
                                                       Etarlicha issiq      Etarlicha          Doimiy
                                                         bo‘lmagan         namlangan  namlanmaydigan
                                                      doimiy ortiqcha        o‘rtacha      issiq tuproqlar

                                                          namlanib             issiq
                                                         turadigan          tuproqlar
                                                          tuproqlar
            Tuproqdagi 10°C dan yuqori                      1800              2000              2200
            haroratlar yig‘indisi
            Issiqlik va namlik balansi                      0,30               0,21              0,15
            Issiq davrda tuproqning 20 sm                   12,0               14,0              15,5
            chuqurligidagi o‘rtacha harorati
            Tuproqning 20 sm chuqurligidagi                  2,9               3,5               5,0
            o‘rtacha yillik harorati
            YAnvar oyidagi tuproqning 10                     4,0               5,5               6,5
            sm chuqurligidagi harorati
            May oyining birinchi dekadasida
            tuproqning metrli qatlamidagi                    200               150               125
            foydali namlik zahirasi (mm)


                   Barabin pasttekisligi  hududlarida tuproq iqlimi tipologiyasi  bo‘yicha Dzyuba
            tavsiyalari asosida kichik masshtabli va o‘rta masshtabli rayonlashtirish o‘tkazilgan.
            Kichik  masshtabli  rayonlashtirishda  tuproqning  mintaqaviy  iqlim  chegaralari,  o‘rta
            masshtabli  rayonlashtirishda  rayon  va  kichik  rayonlarning  mahalliy  tuproq  iqlimi
            chegaralari ajratilgan.
                   V.M.Kravsov  (1971)  tomonidan  G‘arbiy  Sibirning  dasht  va  o‘rmon-dasht
            tuproqlari iqlimini rayonlashtirishda quyidagi ko‘rsatkichlarni qo‘llanilgan:
                   1)  tuproqning  isishi,  ya’ni  tuproqning  20  sm  chuqurligidagi  issiq  haroratlari
            yig‘indisining  2  m  balandlikdagi  havoning  shu  davrdagi  haroratlari  yig‘indisiga
            nisbati (Dimo bo‘yicha);
                   2) Issiq davrda tuproqning 20 sm chuqurligidagi o‘rtacha harorati;
                   3) Tuproqning mazkur chuqurlikdagi 10° dan yuqori haroratlar yig‘indisi;
                   4) Tuproqning 0-20 va 0-100 sm qatlamidagi foydali namlik zahirasi;
                   5)  Tuproqning  namlanish  koeffitsienti  K p  -  kompleks  ko‘rsatkichi
   83   84   85   86   87   88   89   90   91   92   93