Page 84 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 84

3)  ishqorsizlangan  va  podzollashgan  qora  tuproqlar  tarqalgan  o‘rtacha
            namlangan o‘rmon-dashtlari;
                   4)  Oltoy  tog‘  tizmasida tarqalgan qora  tuproqli nam, o‘rtacha  issiq  tog‘  oldi
            hududlari.
                   Mazkur  hududlarda  tuproq  iqlimi  janubiy-sharqdan  shimoliy-g‘arbga
            qonuniyat asosida namgarchilikdan qurg‘oqchil iqlim tomon, ya’ni tuproq harorati va
            namlik yuqori chegarada tebranib turadi. Bunda namlik ko‘rsatkichi yiliga 3 dan 18
            gacha, tuproq harorati esa 3 dan 8° gacha o‘zgarib turadi.
                   Izlanishlarda fizik-geografik sharoitlar kompleksi tuproq iqlimining o‘ziga xos
            xususiyatlarini ochib beradi. Ular orasida, ayniqsa, o‘simlik, tuproq va qor qoplami
            katta rol o‘ynaydi.
                   Tuproq-iqlim rayonlashtirish bo‘yicha 1965 yildan boshlab MDHning Evropa
            qismi  shimolida  va  shimoliy  -  g‘arbida  katta  ishlar  olib  borildi.  I.A.Golsbergning
            tadqiqotlarida  MDH  respublikalari  va  viloyatlarining  kichik  hududlarida  gorizontal
            kenglik  bo‘yicha  havo  harorati  gradienti  juda  kichikligi  asoslandi,  shuningdek
            havoning namligi, tuproq harorati va namligi uning tavsifiga, tuproq hosil qiluvchi
            jinslar  va  mexanik  tarkibiga  ko‘ra  juda  xilma-xil  bo‘ladi.  Demak,  bunga  asosan
            batafsil  rayonlashtirish  va  uni  xaritalarda  ifodalanishi  imkoniyati  vujudga  keladi.
            Xaritalarni  tuzishda  dalalarning  eng  ko‘p  uchraydigan  tuproq  mexanik  tarkibi
            bo‘yicha  ajratish  uslubidan  foydalanilishi  maqsadga  muvofiqdir.  Bu  ishlarni
            bajarishda o‘rta masshtabli va yirik masshtabli tuproq xaritalaridan foydalanilgan.
                   L.E.Int  (1965)  tomonidan  birinchi  marta  Estoniya  respublikasi  hududlarini

            tuproq  iqlimi  bo‘yicha  rayonlashtirish  tadqiqotlari  o‘tkazilgan.  Rayonlashtirishni
            o‘tkazishda  u  haydalma  qatlamning  o‘rtacha  oylik  harorati  va  tuproq  namligi
            bo‘yicha  tuzilgan  xaritalardan  foydalangan.  Rayonlashtirish  tadqiqotlarini
            o‘tkazishda  tuproq  haroratini  xaritalash  uchun  L.E.Int  yirik  masshtabli  xaritalash
            usulini qo‘llagan. Tuproq xaritasida L.E.Int dalalarni tuproqning mexanik tarkibiga
            bog‘liq ravishda 3 ta gradatsiya bo‘yicha ajratgan, shuningdek tuproq tiplari bo‘yicha
            tuproq harorati va namligiga doir ma’lumotlar keltirilgan.
                   MDHning  shimoliy  hududlarida  o‘simliklarning  o‘sishida  tuproqning  issiqlik
            rejimi (etarlicha va hatto ortiqcha namlangan) hal qiluvchi omil bo‘lib hisoblanadi.
            Demak,  ko‘pgina  hududlarni  rayonlashtirishni  tuproqning  issiqlik  bilan
            ta’minlanganlik sharoitlari bo‘yicha ham o‘tkazish mumkin. Yuqoridagilarni hisobga
            olgan  holda  MDHning  shimoliy  hududlari  xaritasi  tuproqning  issiqlik  bilan
            ta’minlanganlik  sharoitlari  bo‘yicha  tuzilgan  (Gorishina,  1969).  Mazkur  hududlar
            uchun tuproqning issiqlik rejimi ko‘rsatkichi sifatida bahorda 20 sm chuqurlikda 5°C
            haroratning  boshlanish  muddati  va  unga  to‘g‘ri  proporsional  bog‘liq  bo‘lgan  shu
            chuqurlikdagi 10° haroratning o‘rtacha boshlanish muddati, 10° dan yuqori haroratlar
            yig‘indisi  va  shunga  mos  holdagi  10°C  dan  yuqori  haroratli  davr  davomiyligi
            qo‘llanilgan. Xaritani tuzishda tuproqning mexanik tarkibi bo‘yicha bir xil bo‘lgan
            maydonlar ajratilgan. So‘ngra ishchi asosga izoliniyalar o‘tkazilgan. Bu izoliniyalar
            harorat  ko‘tariladigan  davrda  20  sm  chuqurlikdagi  tuproq  haroratining  har  5°C  ga
            (o‘rtacha  sutkalik)  o‘tishini  ifodalandi.  Bu  yordamchi  xarita  yordamida  har  bir
            ajratilgan maydon tuprog‘ining 5°C gacha isish muddati hisoblanadi. Ajratilgan ettita
   79   80   81   82   83   84   85   86   87   88   89