Page 74 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 74

bilan o‘lchanadi. Bu esa tuproqning suv - fizik yoki suv xossa - xususiyatlari orqali
            aniqlanadi.
                   Tuproqdagi  suvlarni  saqlashda  sorbsion  va  kapillyar  kuchlar  asosiy  o‘rinni
            egallaydi. Bu ikki xil kuchlardan tashqari yana tuproq suvida osmotik bosim bilan
            o‘lchanadigan osmotik kuch ham bor. Osmotik kuchning asosiy xususiyati shundan
            iboratki, uning manbai tuproq tarkibidagi suvning o‘zida bo‘ladi. Sorbsion, menisk,
            osmotik  kuchlar  gravitatsion  dalada  ta’sir  etadi.  Uning  kattaligi  va  yo‘nalishi
            doimiydir. Qolgan uchta kategoriya kuchlar tuproqning o‘zida bo‘lib, uning kattaligi
                                                                               2
            noldan katta ko‘rsatkichgacha (sorbsion kuch to 10 din/sm gacha) bo‘ladi. Bu holda
            yuqoridagi kuchlarning kattaligi tuproqning har xil nuqtalarida bir xil emas. Natijada
            tuproqda bu kuchlarning gradienti hosil bo‘ladi va tuproq suvi shu gradient yo‘nalishi
            ta’sirida xohlagan tomonga harakat qilishi mumkin. Tuproq suviga hech qanday kuch
            ta’sir qilmasa, tuproq ertami kechmi suvsiz bo‘lib qoladi. Lekin, gravitatsion kuchga
            sorbsion  va  menisk  kuchlar  qarama-qarshi  turadi.  Sorbsion  kuchlar  tuproq
            zarrachalari  yuzasida  molekulyar  suvlarni  bog‘lashga  harakat  qiladi  va  suvning
            orientirlangan  molekulalaridan  tashkil  topgan  suv  qobig‘ini  hosil  qiladi.  Bu  suv
            qobig‘i  qalinligi  oshishi  bilan  sorbsion  kuchlar  kamayib  boradi,  natijada  sorbsion
            kuchlar juda kamayib ketadi va tuproq eritmasini gravitatsion oqib ketishidan saqlab
            qola olmaydi.
                   Kapillyar (menisk) kuchlarning sorbsion kuchlardan asosiy farqi ular suvning
            alohida     molekulalariga       doimiy     ta’sir    etib,   tuproq     zarrachasi     atrofida
            orientatsiyalashgan suv molekulasi qatlamini vujudga keltirishidir. Kapillyar kuchlar

            esa menisk yuza qatlami orqali suvning alohida molekulalaridan tashkil topgan katta
            qalinlikdagi (orientatsiyada bo‘lmagan) suv qatlamiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
                   Tuproq eritmasining osmotik bosimi orqali o‘lchanadigan (bu kuchning manbai
            ham shu eritma hisoblanadi) osmotik kuchlar gravitatsion kuchlarga qarama - qarshi
            tura olmaydi, unda saqlangan tuzlarning hammasi eritma (tuproq suvi) bilan pastga
            butunlay oqib ketadi.
                   Quyosh nuri energiyasi tuproqqa singadi, uning ichida harorat gradienti hosil
            qiladi, u esa o‘z navbatida tuproq eritmasining harakatiga sabab bo‘ladi. Quyosh nuri
            energiyasi  desuksiya  va  tuproq  namligining  parchalanishiga  sabab  bo‘ladi,  bu  esa
            tuproq namligini harakatga keltiradigan sorbsion va menisk kuchlarining gradientini
            yuzaga keltiradi.
                   Shunday  qilib,  tuproqning  qattiq  va  suyuq  qismi  orasida  bo‘ladigan  o‘zaro
            munosabat suvning xilma-xil shakllari va ularning harakatini vujudga keltiradi. Bu
            harakatning  hammasi  gravitatsion  kuch  maydonida  quyosh  nuri  energiyasi  ta’siri
            ostida bo‘ladi.
                   Yuqorida  bayon  qilganimizdek,  tuproq  zarrachalari  sirtida  yoki  kovaklarida
            hamma  vaqt  ozmi  -  ko‘pmi  suv  bo‘ladi.  Tuproq  suvi  doimo  erning  tortish  kuchi,
            tuproq zarrachalarining molekulyar tortishish kuchi va nihoyat suv molekulalarining
            o‘zaro  tortishish  kuchlari  ta’sirida  bo‘ladi.  Bu  kuchlar  bir  vaqtning  o‘zida  baravar
            ta’sir qilsalar ham, lekin tuproq suvining miqdoriga qarab, u yoki bu kuch ustunlik
            qilishi  mumkin.  Shuning  uchun  ham  olimlar  o‘zlarining  klassifikatsiyalari  asosida
            tuproqdagi  u  yoki  bu  kuchni  asos  qilib  undagi  suv  shakllarining  dastlabki
            klassifikatsiyasini  ishlab  chiqdilar.  Birinchi  bo‘lib  rus  olimi  S.Bogdanov  (1889)
   69   70   71   72   73   74   75   76   77   78   79