Page 73 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 73

E-ma’lum daladan yil davomida sarflangan suv miqdori, mm simob ustunida;
                   M-tuproqni yog‘in-sochin suvlarini o‘ziga qabul qilish koeffitsienti.
                   Ma’lum dalani nam bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi (e) tuproqning yuzasi,
            strukturasi holati va hokazolarga bog‘liq holda o‘zgarib boradi.
                   Agarda:
                   e  >  1  -  bo‘lsa  -  mazkur  dalada  tabiiy  namlik  ko‘p.  Dala  botqoqlanish  xavfi
            ostida bo‘ladi.
                   e  =  1  -  bo‘lsa  -  tabiiy  namlanish  etarli  (optimal),  qurg‘oqchilik  yillarda
            fiziologik faol namlik etishmaydi.
                   e  <  1  -  bo‘lsa  -  tabiiy  namlik  batamom  etishmaydi,  dalada  qisqa  yoki  uzoq
            muddatli qurg‘oqchilik xavfi ostida bo‘ladi.
                   Sug‘orishning turli davrlarida har xil tipdagi suv rejimi tiplari yuzaga keladi.
            Sug‘orilayotgan  davrda  suv  rejimining  dastlab  yuviladigan  tipi  shakllanib,  keyin
            yuvilmaydigan  va  terlaydigan  tiplari  bilan  almashinadi,  natijada  tuproqda  namning
            davriy ko‘tarilib va pasayib turishi kuzatiladi.
                   Tuproqning  suv  rejimi  qishloq  xo‘jalik  maydonlarida  turli  agrotexnik  va
            agromeliorativ tadbirlar tizimini amalga oshirish natijasida boshqarilib turiladi.
                   Tuproqning  asosiy  tarkibiy  qismlaridan  biri  -  tuproq  suvi  hisoblanadi.
            Tuproqning paydo bo‘lishida, uning genetik qatlamlarida har xil mineral va organik
            elementlarning  to‘planishi  yoki  harakatlanishida,  ikkilamchi  loyli  minerallarning
            vujudga kelishi va boshqa jarayonlarda tuproq tarkibidagi suvning roli juda kattadir.
                   Qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  etishtirishda  tuproq  tarkibidagi  suv  muhim

            ahamiyatga ega. Shuning uchun ham tuproq suv rejimini boshqarish madaniy ekinlar
            hosildorligini oshirish nuqtai nazaridan dehqonchilikdagi bosh masala bo‘lib kelgan
            va shunday bo‘lib qoladi.

                   Mustaqil ishlash uchun savollar:
                    1. Tuproqning suv rejimi deganda nimani tushunasiz?
                    2. Tuproq suv rejimi niche tipga bo’linadi?
                    3. Tuproq suv rejimi va suv balansi deganda nimani tushunasiz?
                    4. Suvning kelish manbalarini sanab bering?


                            TUPROQ SUV BALANSINI XISOBLASHNI O‘RGANISH.

                   Tuproqning  asosiy  tarkibiy  qismlaridan  biri  -  tuproq  suvi  hisoblanadi.
            Tuproqning paydo bo‘lishida, uning genetik qatlamlarida har xil mineral va organik
            elementlarning  to‘planishi  yoki  harakatlanishida,  ikkilamchi  loyli  minerallarning
            vujudga kelishi va boshqa jarayonlarda tuproq tarkibidagi suvning roli juda kattadir.
                   Qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  etishtirishda  tuproq  tarkibidagi  suv  muhim
            ahamiyatga ega. Shuning uchun ham tuproq suv rejimini boshqarish madaniy ekinlar
            hosildorligini oshirish nuqtai nazaridan dehqonchilikdagi bosh masala bo‘lib kelgan
            va shunday bo‘lib qoladi.
                   O‘simliklarni  suv  bilan  ta’minlanganligi,  tuproqning  umumiy  namligi  bilan
            emas, balki u yoki bu miqdorda o‘simlik qabul qila oladigan shakldagi suv miqdori
   68   69   70   71   72   73   74   75   76   77   78