Page 65 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 65

Kechasi  faol  yuzaga  yig‘indi  quyosh  radiatsiyasi  tushmaydi,  shuning  uchun
            qisqa to‘lqinli qaytgan radiatsiya ham bo‘lmaydi.
                   U holda (3) tenglama yana ham soddalashadi:

                   Q a – Q yer - Q m +  Q t  + Q tr = 0.

                   Radiatsion  balans,  issiqlik  balansining  har  bir  elementiga  ob-havo  va  iqlim
            sharoitlari, agrotexnik va meliorativ tadbirlar kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
                   Bunday omillar ta’sirida issiqlik balansi va uning elementlarining borishidagi
            davriylik  o‘zgaradi.  Ayniqsa,  yerning  shimoliy  hududlarida  issiqlik  balans
            elementlari  ob-havo  va  iqlim  sharoitlariga  keskin  bog‘langan.  Janubdagi  ancha
            barqaror ob-havo sharoitlarida issiqlik balans elementlari ham ancha turg‘un bo‘ladi.
                   Sug‘orish issiqlik balans elementlariga kuchli va qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatadi.
            Issiqlik  balansning  ayrim  elementlar  bo‘yicha  taqsimotining  o‘zgarishiga  tuproqni
            mul’chalash,  ekinlarni  egatlar  pushtasiga  ekish,  tuproqni  g‘ovakligini  oshirish  va
            zichlashtirish kabi agrotexnik tadbirlar birmuncha ta’sir ko‘rsatadi.

                   Mustaqil ishlash uchun savollar:
                  1. Faol yuzaning radiatsion balansi deb nimaga aytiladi?
                  2. Faol qatlam qachon  isiydi?
                  3. Radiatsion balans kunning qaysi vaqtida manfiy yoki musbat bo’ladi?
                  4. O‘zbekistonning shimoliy hududlari uchun radiatsion balansning yillik
            qiymati ntchiga teng?
                  5. O‘zbekistonning  janubiy hududlari uchun radiatsion balansning yillik
            qiymati ntchiga teng?
                  6. O‘zbekistonning  baland tog‘li hududlari uchun radiatsion balansning yillik
            qiymati ntchiga teng?

               TUPROQ TEMPERATURASINI O‘LCHASH USULLARINI O‘RGANISH.

                   Tuproq  haroratini  o’lchash  uchun  ko’pincha  suyuqlikli  (simobli,  spirtli),
            termoelektrik  va  qarshilik  elektr  termometrlari  qo’llaniladi.  Biz  ular  orasidan
            suyuqlikli  termometrlarnigina  bayon  qilamiz.  Tuproq  yuzasining  kuzatish  muddati
            (biror  aniq  vaqt  payti)dagi  haroratini  o’lchash  uchun  muddatli  termometr  TM-3,
            tuproq  yuzasining  kuzatish  muddatlari  oralig’idagi  eng  yuqori  haroratini  o’lchash
            uchun maksimal termometr TM-1, tuproq yuzasining kuzatish muddatlari oralig’idagi
            eng     past     haroratni     o’lchash     uchun      minimal      termometr      TM-2       lar
            ishlatiladi.agrometrologik o’lchashlarda eng ko’p ishlatiladigan termometr muddatli
            psixometrik termometrdir. Barcha suyuqli termometrlar kabi psixometrik termometr
            ham  uchta  asosiy  qismdan:  silindrik  yoki  sharsimon  shakldagi  shisha  rezervuar  va
            unga  kavcharlangan  kapillyar  (ingichka)  kanali  bor  shisha  naycha  (trubka)  hamda
            bo’limlarga  taqsimlangan  shkaladan  tashkil  topgan.  Rezervuar  va  kapillyarning
            ma’lum  qismi  simob  bilan  to’ldirilgan.  Kapillyar  nay  va  shkala  shisha  nay  ichiga
            joylashtirilgan.
                   Simobli  termometrlar  harorat  o’zgarganida  simob  hajmining  o’zgarishiga
                                                                                                     0
            asoslanib ishlaydi. Bunday termometr yordamida ancha past, masalan – 38,9 C dan
   60   61   62   63   64   65   66   67   68   69   70