Page 60 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 60

Shtirli  konduktometrni  namuna  eritmasi  bo‘yicha  kalibrlash.  Asbob
            ko‘rsatishini namuna eritma bo‘yicha tekshirish zarur. Namuna eritmasi sifatida NaCl
            ning  turli  konsentratsiyalaridan  foydalanish  mumkin.  Bu  quyidagicha  tayyorlanadi.
            10 l li chelak olinadi va unga +/- 1% aniqlikda 10 l distillangan suv quyiladi va ustiga
            10  g  NaCl  solinadi,  so‘ngra  yaxshilab  aralashtiriladi.  Asbobning  “0”  ko‘rsatishi
            quruq eletrodlar bilan tekshiriladi va zarur bo‘lsa nolgacha to‘g‘rilanadi.
                   Elektrodlar quruq latta bilan yaxshilab artiladi (yaxshisi kir yuvish          kukunida
            uni  yuvish  kerak),  distillangan  suv  bilan  chayiladi  va  namuna  eritmali  chelak
            o‘rtasiga  vertikal  holatda  tushiriladi.  So‘ngra  harorat  o‘lchanadi,  jadval  bo‘yicha
            ushbu haroratga mos keluvchi NaCl eritmasi EC ning kalibr qiymati topiladi.

                   Mustaqil ishlash uchun savollar:
                   1.  Tuproqning elektr o‘tkazuvchanligi deganda nimani tushunasiz?
                   2.  Tuproqning  elektr  o‘tkazuvchanligini  o‘lchashning  qanday  usullari
            mavjud?
                   3.  Tuproqning  elektr  o‘tkazuvchanligiga  haroratning  ta’siri  haqida  gapirib
            bering?
                   4.  Sho‘rlangan        tuproqlarni      baholashda       elektr    o‘tkazuvchanlikning
            ahamiyati?
                   5.  Elektrokonduktometriya usulining afzalliklari nimadan iborat?
                   6.  O‘zbekiston        sharoitida       sho‘rlangan        tuproqlarni       baholashda
            elektrokonduktometriya usulining joriy etilishi haqida gapirib bering?


             TUPROQNING ISSIQLIK-FIZIK XOSSALARINI O‘RGANISH USULLARI.

                   Tuproq harorati, tuproqning isishi va sovishi kabi jarayonlarga yer yuzasining
            xususiyatlari bilan bir qatorda tuproqning issiqlik-fizik xususiyatlari ham katta ta’sir
            ko‘rsatadi.  Tuproqning  issiqlik-fizik  xususiyatlariga  issiqlik  sig‘imi,  issiqlik
            o‘tkazuvchanligi,  harorat  o‘tkazuvchanligi  va  issiqlikni  o‘zlashtiruvchanligi  kabi
            xususiyatlar kiradi. Quyida ularning har biriga alohida to‘xtalib o‘tamiz.
                   Tuproqning  issiqlik  sig‘imi.  Tuproqning  issiqlik  sig‘imi  uning  issiqlikni
            yutish qobiliyatini bildiradi.
                   Tuproqning issiqlik sig‘imi ikki xilda bo‘ladi:
                   1. Tuproqning solishtirma issiqlik sig‘imi (c).
                   2. Tuproqning hajmiy issiqlik sig‘imi (cx).
                   1  kg  quruq  tuproqni  1C  ga  isitish  uchun  kerak  bo‘lgan  issiqlik  miqdoriga
            tuproqning solishtirma issiqlik sig‘imi (s) deyiladi va uni J/kgC birlikda o‘lchanadi.
            Tuproqshunoslik  fanida  esa  tuproq  solishtirma  issiqlik  sig‘imini  kal/g  C  birlikda
            o‘lchash keng tarqalgan.
                        3
                   1  m quruq  tuproqni  1C  ga  isitish  uchun  kerak  bo‘lgan  issiqlik  miqdoriga
                                                                                 3
            tuproqning  hajmiy  issiqlik  sig‘imi  (cx)  deyiladi  va  uni  J/m C  birlikda  o‘lchanadi.
                                                                3
            Tuproqshunoslikda  cx  ni  ko‘pincha  kal/sm C  birlikda  o‘lchanadi.  Tuproqning
            solishtirma  va  hajmiy  issiqlik  sig‘imlari  o‘zaro  quyidagicha  munosabatda
            bog‘langan:
   55   56   57   58   59   60   61   62   63   64   65