Page 64 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 64

qiymatlardan manfiy qiymatlarga oktyabr oxirida noyabr boshlarida o‘tadi.
                   Qishloq xo‘jalik maydonlarining radiatsion balansini bilish quyoshning ufqdan
            turlicha  balandliklarida,  ekinlarni  ekishning  turlicha  sxemalarida  va  o‘simlik
            rivojlanishining  turlicha  fazalarida  o‘simlik  va  tuproq  yutgan  radiatsiyani  aniqlash
            imkonini beradi.
                   Tuproqning  harorati  va  namligi,  bug‘lanishi  va  boshqa  kattaliklarni
            boshqarishda  qo‘llanilgan  tadbirlarni  baholash  uchun  turlicha  turdagi  o‘simliklar
            qoplamlarida qishloq xo‘jalik maydonlarining radiatsion balansi aniqlanadi.
                   Yerdagi  gorizontal  sirtga  to‘g‘ri  radiatsiya  S,  sochilgan  radiatsiya  D  va
            atmosferaning uzun to‘lqinli uchrashuvchi nurlanishi Ea lar tushadi. Yer sirtidan esa
            atmosfera va kosmik fazoga qisqa to‘lqin uzunlikli qaytgan radiatsiya Rq va yerning
            uzun to‘lqinli nurlanishi Eyer lar ketadi.
                   U holda yer sirti uchun radiatsion balansning umumiy tenglamasi qo‘yidagicha
            yoziladi:

                        1
                   B=S +D+E a-R q-E yer,

                   bu  yerda,  V  -  radiatsion  balans  (yutilgan  yoki  qolgan  radiatsiya).  Yutilgan
            (qolgan)  radiatsiya  V  o‘z  navbatida  issiqlikka  aylanadi.  Faol  yuzaning  radiatsion
            balansdan olgan issiqligini Q r va radiatsion balansni musbat deb olaylik. U holda Qr
            ning  bir  qismi  faol  yuzaning  havoga  turbulentlik  usulida  uzatgan  issiqligi  QT  ga,
            ikkinchi  qismi  tuproqning  pastki  qatlamlariga  molekulyar  issiqlik  o‘tkazuvchanlik
            usuli bilan uzatgan issiqligi Qm ga va qolgan qismi faol yuzaning transpiratsiyasi Qtr
            ga sarflanadi.
                   Energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchisiga aylanish qonuniga muvofiq
            faol yuzaning har bir paytda olgan issiqlik miqdorlari bilan uning sarflagan (uzatgan)
            issiqlik miqdorlarining yig‘indisi nolga teng bo‘lishi kerak, ya’ni:

                   Q R+Q t+Q m+Q tr=O.

                   Yuqoridagi  radiatsion  balans  tenglamasidan  har  bir  hadni  tashkil  qilgan
            radiatsiyalarning  issiqlikka  aylanishidan  vujudga  keladigan  issiqlik  miqdorlarini
            e’tiborga olib 1-tenglamani quyidagicha yozamiz:

                   Q yig‘+Q a+Q q+Q er+Q t+Q m+Q tr=O,

                   bu yerda,

                   Q yig‘ - tuproqning yig‘indi quyosh radiatsiyasidan olgan issiqligi;
                   Q a – tuproqning atmosfera uchrashuvchi nurlanishidan olgan issiqligi;
                   Q q - qisqa to‘lqinli qaytgan radiatsiya issiqligi;
                   Q yer – yerning uzun to‘lqinli nurlanishi issiqligi.

                   Faol  yuzaga  tushuvchi  nurlanish  oqimlariga  musbat,  faol  yuzadan  ketuvchi
            nurlanish oqimlariga manfiy ishora quyib 2-tenglamani turlicha xususiy hollarga tatbiq
            etishimiz mumkin. Masalan, sutkaning kunduzgi davri uchun quyidagicha yozamiz:
                   Q yig‘ + Q a – Q q - Q yer + Q m - Q t - Q tr = 0.
   59   60   61   62   63   64   65   66   67   68   69