Page 61 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 61
с х = с ,
bu yerda,
- tuproq qattiq fazasining zichligi.
Demak, tuproq solishtirma issiqlik sig‘imini tuproq qattiq fazasining zichligiga
ko‘paytirib, tuproqning hajmiy issiqlik sig‘imini hisoblash mumkin. Tuproq
solishtirma issiqlik sig‘imini kalorimetr yordamida aniqlanadi.
Tuproq namligining dala sharoitida uchrab turadigan chegaralarida namlik
o‘zgarishi bilan hajmiy issiqlik sig‘im 3-4 marta o‘zgarsa, tuproq namligining xuddi
shu chegaralarida aynan shu vaqtda esa 100 martadan ham ortiq o‘zgarishi
mumkin.
Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi. Tuproqning ko‘proq isigan
qatlamlaridan kamroq isigan qatlamlariga issiqlik uzatish xossasiga uning issiqlik
o‘tkazuvchanligi deyiladi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik o‘lchovi bo‘lib issiqlik
o‘tkazuvchanlik koeffitsienti
xizmat qiladi.
Qalinligi 1 m bo‘lgan qatlam chekkalaridagi haroratlar 1C ga farq qilganda,
2
qatlamning 1 m yuzidan 1 c davomida o‘tadigan issiqlik miqdori, shu qatlamning
issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti
ga teng bo‘ladi.
o
o
o
Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti J/m.s· C = Vt/m· C va kal/sm.s· C
birliklarda o‘lchanadi.
Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi uning fizik xossalariga, ya’ni mexanik
tarkibiga, tuproqdagi havo tarkibining o‘zgarishiga, namligiga va tuproq
g‘ovakligiga, mineralogik tarkibiga, tuproqdagi organik moddalarning miqdoriga
hamda suv va havoning hajmiy ulushlariga bog‘liq. Tuproqda suv va havolarning
o‘zaro munosabati uzluksiz o‘zgarib turganligi uchun ham vaqtga nisbatan
o‘zgaradi.
Tuproq mayda zarrachalarining issiqlik o‘tkazuvchanligi tuproq havosining
issiqlik o‘tkazuvchanligidan 100 marta, suvning issiqlik o‘tkazuvchanligi esa
havonikidan 24 marta ko‘pdir. Shuning uchun ham nam tuproqlarning issiqlik
o‘tkazuvchanligi quruq tuproqlarnikiga qaraganda har doim yuqori bo‘ladi.
Tuproqning asosiy issiqlik-fizik xususiyatlari (issiqlik sig‘imi, issiqlik
o‘tkazuvchanligi) dan tashqari hosilaviy issiqlik-fizik xossalari ham mavjud bo‘lib,
ular tuproqning harorat o‘tkazuvchanligi va issiqlikni o‘zlashtiruvchanligidir.
Tuproqning harorat o‘tkazuvchanligi. Tuproq issiqlik o‘tkazuvchanlik
koeffitsienti ning tuproq hajmiy issiqlik sig‘imi c x ga nisbatini harorat
o‘tkazuvchanlik koeffitsienti deyiladi va uni k harfi bilan belgilanadi, ya’ni:
к = = .
с х с
2
Harorat o‘tkazuvchanlik koeffitsienti SI sistemasida m /s birlikda o‘lchanadi.
Harorat o‘tkazuvchanlik koeffitsienti issiqlikning tuproqda tarqalish tezligini
tavsiflaydi. Yoki k koeffitsient tuproqning ustki va pastki qatlamlarining harorati