Page 97 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 97
variantda g‘o‘zaning butun vegetatsiyasi davomida CO 2 miqdoriga nisbatan O 2
miqdori kam bo‘ldi, nazorat variantida esa 0-30 sm qatlamda O 2 miqdori 20%
atrofida bo‘lganligi kuzatildi. Erta bahorda quyi qatlamlar tomon kislorod miqdori
keskin kamayib, karbonatlar miqdori esa oshib boradi. Keyingi davrlarda (30.05
dan 10.09 gacha) kislorod miqdori nazorat variantida 0-50 sm qatlamda 19,3-
20,6%, pastki qatlamlarlarda esa bu ko‘rsatkich kamligicha qoladi, boshqa
holatlarda esa 17,7% dan kamligi kuzatildi. CO 2 miqdori mulchalangan
maydonlarda vegetatsiya davomida 0-10 sm qatlamda 0,3-1,8, 10-30 smda 0,4-5,6,
30-50 smda 0,6-6,8 va 50-70 sm qatlamda esa 0,8-10,2 % oralig‘ida o‘zgarib
turadi. Faqat sentyabr oyida mulchalangan maydondagi O 2 va CO 2 ning miqdori
nazorat maydonidagi miqdoriga yaqin bo‘lganligi kuzatildi.
Nazorat va mulchalangan maydonlarda g‘o‘zaning vegetatsiya davomida
CO 2 ning hosil bo‘lishi tuproq haroratiga bog‘liq holda o‘zgarib turdi. Ayniqsa, bu
holat may oyida yaqqol namoyon bo‘ladi, ya’ni tuproq yuzasi bir tekis plyonka
bilan qoplanganligi bois plyonka ostida tuproq haroratining oshadi va tuproq
mikroorganizmlari faoliyatining kuchayishiga qulay imkoniyat yaratadi. G‘o‘za
nihollari paydo bo‘lishi bilan ularning unib chiqishi uchun har bir uyalarda
teshiklar hosil qilinadi, bu esa CO 2 konsentratsiyasining keskin kamayishiga olib
keladi (27-rasm).
27-rasm. Tuproq haroratiga bog‘liq holda karbonat angidrid gazining
to‘planishi:
1-mulcha tagidagi tuproq harorati; 2- nazorat variantidagi tuproq harorati; 3-
mulcha tagidagi CO 2; nazorat variantidagi CO 2
Iyul oyida birmuncha oshishi g‘o‘zani sug‘orish natijasida sizot suvlari
sathining ko‘tarilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Vegetatsiya oxirida CO 2
konsentratsiyasi nazorat va mulchalangan maydonlarda bir xil bo‘lganligi
kuzatildi. SHunday qilib, sug‘oriladigan gidromorf tuproqlarni
96