Page 100 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 100

0
                  yaxshilanadi va shunga mos tartibot, tekis yerga nisbatan pushtada 5-6 S harorat
                  yuqori  bo‘lib,  chigitni  ertangi  muddatlarda  ekish  imkoniyati  yaratiladi.  Dala
                  mikrorelefini dag‘alligi yo‘qotiladi, haydov qatlamining qalinligi 50-60 sm gacha
                  oshadi, g‘o‘zani ildiz chirishi kamayadi va hosildorlik 2,4-3 sga oshadi.
                         Dala va ishlab chiqarish tajribalariga asosan O‘zbekistonning sug‘oriladigan
                  tipik  bo‘z  tuproqlar  hududining  gidromorf  tuproqlarni  hamda  Qarshi  cho‘lining
                  sug‘oriladigan  och  tusli  bo‘z  va  cho‘l  hududining  taqirli  tuproqlarida
                  ko‘rsatilishicha  yangi  texnologiya  bo‘yicha  chigitni  pushtaga  ekilganda  g‘o‘zani
                  vegetatsiya  davrida  tuproqda  yaxshi  sharoitlarni  hosil  bo‘lishiga  va  ushlanishiga
                  sharoit yaratadi.
                         Mirzacho‘l      vohasining       sug‘oriladigan      bo‘z    o‘tloqi     tuproqlarida
                  R.Qurvantaev va ularning shogirdlari tomonidan pushta ustida yaltiroq polietilen

                  plyonka, liglin, go‘ng, K-9 preparati bilan mulchalash bo‘yicha ilmiy izlanishlar
                  olib  borilgan.  Bu  ishlar  natijasiga  ko‘ra  maqbul  zichlik  saqlanishi  (1,25-1,40
                       3
                  gsm )  umumiy  g‘ovaklik  (47-50  %)  suvga  chidamli  agregatlarni,  struktura
                  agregatlar tarkibini yaxshilanishi suv sig‘imini 2-9 % ga, suv o‘tkazuvchanligi 1,5-
                                                                                  0
                  2 baravarga, faol temperatura yig‘indisini 133 S dan 316 S gacha oshishi natijasida
                                                                      0
                  tuproqda issiqlik yetishmasligiga va qatqaloq hosil bo‘lishiga barham berildi, fizik
                  bug‘lanishini  kamayishi,  o‘simlikni  o‘sishi  va  rivojlanishini  tezlashtiradi  va  shu
                  bilan  birgalikda  tuproq  namligidan,  oziqa  moddalardan  samarali  foydalanishni
                  ta’minlaydi. Pushta mulchalanganda hosildorlik: plyonka qo‘llanilganda 8,2 sga,
                  go‘ngda 5,1 sga va ligninda 5,2 sga  oshgan.
                        M.K.Choriev  va  boshqalar  1968-1970  yillarda  Turkmanistonning  qo‘riq
                  «Tedjen»  xo‘jaligida  chigitni  unib  chiqishiga  mulcha  moddalarini  ta’sirini
                  o‘rgandi. Tekis yerga va pushta ustiga chigit ekilgan maydonlarga mulchani tekis
                  qatorlab  berildi.  Mulcha  sifatida  qum  va  qipiq  aralashmasi  (1:1  nisbatda),  qum
                  aralashmasi      va     go‘ng     (1:1    nisbatda)     va     alohida     go‘ng     solindi.
                  Mexanizatsiyalashgan  mulchalash  bilan  bir  qatorga  qatorlab  solinganda
                  mulchalash materialining sarfi: toza qum 12,9, qum va qipiq 7,2, qum va g‘o‘ng
                  8,6  va  go‘ng  solinganda  2,5  tga  ni  tashkil  qildi.  Hamma  mulcha  moddalar
                  nazoratga  nisbatan  chigit  nihollarini  10-14  kun  ilgari  birdan  hosil  bo‘lishiga
                  yordamlashdi. Paxtani pishishidan oldingi ko‘chat qalinligi chigitni mulcha modda
                  bilan mulchalangan tekis yerda 20-30 mingga, pushtada 17-22 mingga nazoratga
                  nisbatan  ko‘p  bo‘lgan.  Tajribaning  hamma  variantlarida  hosildorlik  nazoratga
                  nisbatan  tekis  yerga  ekilib  mulchalanganda  qo‘shimcha  hosil  6,0-11,5  sga,

                  pushtada 3,1-4,5 sga yuqori bo‘lishi kuzatilgan.
                         Keyingi  2003  yildan  boshlab  bizning  respublikamizda  ham  tuproqga  kam
                  ishlov  beruvchi  tizimni  yaratish  sohasida  ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib  borilmoqda.
                  Jumladan  bizning  olimlari  tomonidan  kam  ishlov  beruvchi  yangi  texnologiya
                  ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini pushtada navbatlab ekish orqali tabiiy
                  holatini tiklash va unumdorligini oshirish uchun eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z
                  tuproqlar sharoitida 16 variantdan iborat dala tajribasi amalga oshirilgan. Tajribada
                  qishloq  xo‘jalik  ekinlaridan  g‘o‘za,  bug‘doy,  sabzavot  va  kartoshka  navbatlab
                  ekilgan. Tuproqga kam ishlov berilishi            natijasida  pushta  ostida  qulay  sharoit
                                                                 99
   95   96   97   98   99   100   101   102   103   104   105