Page 41 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 41
0,1- suv qatlamini mm ga aylantirish koeffitsienti;
3
hM- hajm og‘irligi, g/sm ;
h- hisoblanayotgan qatlam qalinligi, sm;
H- tuproqning namligi, mutlaq qurq holatdagi og‘irligiga nisbatan % da;
SN- so‘lish namligi, mutlaq qurq holatdagi og‘irligiga nisbatan % da.
Masalan: 4 kesma 0-21 sm qatlamni hisoblaydigan bo‘lsak, W =
0,1 · 1,27 · 21 (18,8-5,2) = 36,3 mm.
3
Demak 0-21 sm qatlamdagi samarador namlik 36,3 mm (363 m /ga) ni
tashkil qiladi.
So‘lish namligi (SN)- tuproq namligining pastki chegarasidir. U DNS
ining 20-25% ini tashkil etadi. Demak, 0-21 sm qatlamdagi SN =
26(DNS) · 20 : 100 = 5,2% ni tashkil qiladi.
So‘lish namligi qumoq tuproqlar uchun 2-3%, yengil qumoqlar uchun 3-
4%, o‘rtacha qumoqlar uchun 4-6% ga og‘ir qumoqlar uchun 6-8% ga to‘g‘ri
keladi.
Topshiriq:
Quyidagi jadval ma’lumotlaridan foydalangan holda tuproqning umumiy va
samarador namligini, umumiy g‘ovakligi, to‘liq nam sig‘imi (TNS), dala nam
sig‘im (DNS) va so‘lish namligini aniqlang ?
Solishtirma Umumiy Tuproq
Fizik loy miq- hajm og‘ir-ligi TNS, DNS,
Kesma № Chuqurlik, sm og‘ir-ligi g‘ovak- namligi, SN, %
dori, % g/sm % %
3
g/sm lik, % %
3
0-18 41 1,29 2,72
18-42 48 1,42 2,74
2 42-73 43 1,35 2,75
73-106 46 1,36 2,74
106-130 42 1,33 2,76
Bilimingizni sinab ko‘ring
1. Tuproqning suv xossalariga nimalar kiradi va uni qishloq xo‘jaligida
tutgan o‘rni?
2. Tuproqning suv xossalari qaysi ko‘rsatkichlarga bog‘liq?
3. Tuproq namligi deb nimaga aytiladi va uning aniqlash usullari haqida
gapirib bering?
4. Bir gektar maydondagi tuproq namligi qanday aniqlanadi va uni
aniqlashning qanday ahamiyati bor?
5. Tuproqning nam sig‘imi qanday aniqlanadi?
6. Tuproqning to‘liq nam sig‘imi, umumiy g‘ovaklik, dala nam sig‘imi,
so‘lish namligi deb nimaga aytiladi va ular qanday aniqlanadi?
7. Tuproqdagi samarador namlik deb nimaga aytiladi, u qanday aniqlanadi
va uning qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni?