Page 37 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 37

25. Shisha idishlar solish uchun quti.
                  26. Probkali shisha idishlar.
                  27. Tuproq namunalarini keltirish uchun qutilar.

                        Bilimingizni sinab ko‘ring
                         1.     Tuz-xaritalash  ishlarini  necha  yilda  bir  marta  takrorlash  ko‘zda
                                tutilgan?
                         2.     Tuz-xaritalash ishlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad nimada?
                         3.     Tuz-xaritalash  ishlari  qaysi  paytda  olib  boriladi  va  uni  o‘tkazishda
                                qaysi materiallardan foydalaniladi?
                         4.     Tuz-xaritalash  ishlari  asosan  necha  masshtabli  o‘lchamda  olib
                                boriladi, tuproq kesmalarini tushirish qay tartibda bo‘ladi?
                         5.     Asosiy va yordamchi kesmalarni tushurishda nimalarni hisobga olish
                                lozim bo‘ladi?
                         6.     Olinadigan  namunalar  va  bajariladigan  analizlar  soni  nimalarga
                                bog‘liq?
                         7.     Qaysi kesma namunalaridan analiz uchun suvli so‘rimning to‘liq va
                                qisqartirilgan tiplari aniqlanadi, ularning bir biridan farqi?
                         8.     Suvli so‘rim analizi ma’lumotlaridan nimalarni aniqlash va hisoblab
                                chiqarish mumkin?
                         9.     Tuz-xaritalash ishlari necha bosqichda olib boriladi?
                         10.     Tayyorgarlik bosqichida qaysi ishlar amalga oshiriladi?
                         11.    Dala-tadqiqot-tuproq ishlari bosqichida nima  ishlar  bajariladi?
                         12.    Tugallash (kameral) bosqichida qaysi ishlar amalga oshiriladi?
                         13.    Dala ishlarini bajarishda qaysi dala anjomlari lozim bo‘ladi?
                         14.    Tuproq  shoʻrlanish  darajasini  tuproq  yuzasi  madaniy  o‘simliklari

                                holatiga qarab aytib bering?


                                                         8 - M A V Z U
                    TUPROQDAGI UMUMIY VA SAMARADOR (PRODUKTIV) NAMLIK
                                              ZAHIRALARINI ANIQLASH

                         Ishdan  maqsad-  talabalarni  tuproqning  umumiy  va  samarador  namligini
                  anqlash usullari bilan tanishtirishdan iborat.
                                                        Metodik ko‘rsatmalar
                        Umumiy  tushuncha.  Tuproqning  suv  shimishi,  suv  o‘tkazishi,  suv
                  o‘tkazuvchanligi  va  to‘liq  nam  sig‘imi  hamda  kapillyarlar  nam  sig‘imi,
                  suvning  xarakatlanishi,  shuningdek  bug‘latish  qobilyati  tuproqning  suv
                  xossalari  deyiladi.    Namlik  tuproqning  unumdorligi  va  o‘simliklarning
                  hosildorligini belgilovchi eng muhim omillardan biridir. Tuproqda kechadigan
                  jarayonlarda  va  tuproqning  muhim  agronomik  xossalarini  yaratishda  suv
   32   33   34   35   36   37   38   39   40   41   42