Page 38 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 38

muhim ahamiyatga ega. Tuproqning havo va issiqlik xossalari suv miqdoriga
                  qarab o‘zgaradi.

                        Har qanday tuproqda ozmi-ko‘pmi suv bo‘ladi. Tabiiy sharoitda mutlaqo
                  quruq  tuproq  bo‘lmaydi.  Oʻg‘inlar  va  sug‘orish  natijasida  tuproqda  hosil
                  bo‘lgan suvlar, sizot suvlari turli holatda va mayda zarralar bilan munosabatda
                  bo‘ladi.
                        Tuproq  qatlamlari  oralig‘idagi  havo  bilan  birgalikda  harakat  qilayotgan
                  bug‘simon suv sernam joydan nami oz joyga va issiq qatlamdan sovuq qatlam
                  tomonga harakat qiladi.
                        Ma’lum  sharoitdagi  kuchli  bosim  ta’sirida  tuproq  mayda  zarrachalari
                  yuzasiga  singdirilgan  gigroskopik  suvning  miqdori  tuproqning  tarkibiga,
                  qatlamning namlik va issiqlik darajasiga qarab o‘zgarib boradi.

                        Tuproq  zarrachalari  yuzasidan  ushlanib  qolgan  suv  bug‘lari  ko‘payib
                  ketishi natijasida paydo bo‘lgan va suyuq holga o‘tgan parda suv qatlami zarra
                  yuzasidagina harakatlanadi va qisman o‘simlikka singadi.
                        Tuproq qatlamidagi nozik zarralar oralig‘idagi pastdan yuqoriga erkin harakat
                  qiladigan  kapillyar  suvni  o‘simlik  ildizlari  oson  shimadi.  Tuproq  qatlamlari  orqali
                  ma’lum  tezlikda  yuqoridan  pastga  harakat  etuvchi  filtrlanuvchi  (gravitatsion)    suv
                  ham  o‘simliklar  uchun  foydalidir.  Tuproqning  mexanik  tarkibiga  qarab  uning
                  kapillyar ko‘tarilishi qumli tuproqlarda 30-60 sm ga, qumoq tuproqlarda 3-4 m ga
                  etishi va bundan ham ortiq bo‘lishi mumkin.

                        Qishloq  xo‘jalik  ekinlarini  me’yorda  o‘sib  rivojlanishi  uchun  tuproq
                  namligi  ma’lum  bir  darajada  bo‘lgandagina  maqbul  sharoit  vujudga  keladi.
                  Shu  sababli  tuproq  namligini  aniqlash-  ekinlarni  sug‘orish  muddatlarini
                  belgilash,  ularni  sug‘orish,  shuningdek  sho‘r  yuvish  me’yorlarini  aniqlashda
                  muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
                        Tuproq  namligi  deb,  tuproqda  bo‘lgan  va  quruq  tuproq  og‘irligiga
                  nisbatan foiz hisobida beriladigan suv miqdoriga aytiladi. Tuproqdagi namlik
                  miqdori  tuproqning  kimyoviy  va  mexanik  tarkibiga,  strukturaligiga,  uning
                  adsorbsiyalash  xususiyatiga,  organik  moddaning  miqdoriga,                        yerning
                  tekisligiga  hamda  o‘simlimklar  bilan  qoplanishiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Tuproq
                  namligi  turli  tuproqlarda  va  tuproq  qatlamlarida  har  xil  miqdorda  bo‘ladi.
                  Tuproq namligini aniqlashning bir necha usullari mavjud bo‘lib, bunda maxsus
                  shkafda  tuproq  namunalarini  6  soat  davomida  105   S  issiqlikda  quritilib,
                                                                                  0
                  bug‘lanib ketgan namlikni quruq tuproq og‘irligiga bo‘lib 100 ga ko‘paytirish
                  orqali  aniqlash  asosiy  usullardan  hisoblanadi.  Tuproq  nam  sig‘imi  odatda
                  yengil qumoq tuproqlarda 14-16%, o‘rtacha mexanik tarkibli tuproqlarda- 18-
                  20, og‘ir tuproqlarda 25-27% ni tashkil etadi.

                        Ma’lumki,  tuproq  namligi  uning  og‘irligiga  nisbatan  aniqlanadi,  shu
                  sababli  bir  gektar  maydondagi  ma’lum  bir  qatlamdagi  tuproqning  og‘irligini
                  bilishimiz lozim bo‘ladi. Bu quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
   33   34   35   36   37   38   39   40   41   42   43