Page 36 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 36

8.  Sho‘r yuvishning nechta usulini bilasiz va ular haqida qisqacha gapirib
                  bering?
                         9.  Kollektor va zovurlarning asosiy vazifasi va ularning bir-biridan farqi?


                                                         7 - M A V Z U
                     TUPROQ MELIORATIV HOLATINI O‘RGANISH MAQSADIDA TUZ
                                       XARITALASH ISHLARINI O‘TKAZISH


                         Ishdan maqsad- talabalarni tuz xaritalash ishlarini o‘tkazishda qilinadigan
                  tayyorgarlik, dala-tadqiqot, kameral ishlari to‘g‘risida kengroq ma’lumot berish.
                                                        Metodik ko‘rsatmalar
                        Umumiy tushuncha. Sugʻorilib dehqonchilik qilinadigan, hamda sizot suvlari
                  sathi  yer  yuziga  yaqin  bo‘lgan  hududlarda  tuproq  shoʻrlanish  jarayoni  judayam
                  o‘zgaruvchan  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham  bu  yerlarda  sho‘rlangan  yerlarni
                  hisobga olish bilan bog‘liq tuz-xaritalash ishlarini ham 5 marta o‘tkazishni taqozo
                  etadi.
                                 Dala ishlarini bajarish uchun dala anjomlarining ro‘yxati:
                  1.  Diametri 60 yoki 89 mm bo‘lgan burg‘u (solini uzunligi 2 m gacha)
                  2.  Buyumlar qopi (ryukzak).
                  3.  Kundalik daftar.
                  4.  O‘lchov sirkuli.
                  5.  Dala xaltasi (charmli yoki dermantin).
                  6.  Papka-planshet.
                  7.  Kompas.
                  8.  Kurvimetr.
                  9.  Transportir.
                  10. Masshtabli chizg‘ich.
                  11. Klyonkali metr yoki ruletka.
                  12. 2-5 marta kattalashtiruvchi yig‘iladigan lupa.
                  13. Pichoq yoki keng stamestika.

                  14. O‘rash uchun qog‘oz.
                  15. Rangli va oddiy qalamlar.
                  16. Kley.
                  17. Knopka, skrepka.
                  18. Belkurak.
                  19. Yer osti suvi olish uchun stakanchalar.
                  20. Shpagat (kanop).
                  21. Namunalar uchun etiketkalar (qog‘ozchalar).
                  22. Yer osti suvlari namunasini keltirishga shishalar (qopqog‘i bilan).
                  23. Probirkalar uchun shtativ.
                  24. AgNO 3 va BaCl 2 eritmalari.
   31   32   33   34   35   36   37   38   39   40   41