Page 35 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 35
Sug‘oriladigan unumdor yerlarda shoʻrlanish alomatlari ko‘rinishi bilan,
darhol profilaktik sho‘r yuvish suvi berilishi kerak.
Bunda, meliorativ amaliyotda sho‘r yuvishning ikkita usuli mavjud bo‘lib,
birinchisi- kapital (tubdan) sho‘r yuvish, ya’ni sho‘rlangan tuproqlar yangi
o‘zlashtirilayotgan bo‘lsa tuproq sharoitiga qarab katta me’yorlarda suv bilan
sho‘rini yuvish; ikkinchisi- profilaktik sho‘r yuvish, ya’ni, dehqonchilik sharoitida
kuz va qish oylarida tuproq shoʻrlanish darajasiga qarab nisbatan kichik
me’yorlarda davriy yoki har yili suv bilan sho‘r yuvish. Ushbu sho‘r yuvish
ishlarida albatta chuqur kollektor-zovurlar bilan ta’minlangan sharoitda olib
borilishi lozim. Bunda kollektor-zovurlarning asosiy vazifasi tubdan
yaxshilanayotgan sho‘rlangan tuproqlardagi tuzlarni sizot suvlari bilan birgalikda
hududdan tashqariga chiqarib yuborishdan iborat bo‘ladi.
Sho‘r yuvish- sizot suvi sathi juda chuqur joylashgan payti o‘tkazish talab
etidladi. Bunday vaqtda suv oz sarf qilingan holda tuproq tuzlardan yaxshiroq
tozalanadi va ekish vaqtiga kelib yanada sho‘rsizlanadi.
Sho‘r yuvishdan oldin dalani yaxshilab tekislab chiqish lozim bo‘ladi. Agar
sho‘ri yuviladigan dalaning yuzi notekis bo‘lsa, u erni tekis va yetarlicha
sho‘rsizlantirib bo‘lmaydi. Boz ustiga, yaxshi tekislanmagan dalalarda sho‘r
yuvish bilan bog‘liq ishlarning o‘tkazilishi va vaqt o‘tishi bilan bu yerlarda turli
darajadagi dog‘li shoʻrlanishlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Topshiriq:
Quyidagi jadval ma’lumotlaridan foydalangan holda tuproqning yuqorigi 1
metr qatlamining sho‘r yuvish me’yorini V.R.Volobuev formulasi bo‘yicha
aniqlang ?
Kesma Chuqurlik, sm Mexanik Quruq qoldiq -
№ tarkib Cl
12 0-100 Og‘ir qumoq 2,890 1,595
Bilimingizni sinab ko‘ring
1. Sho‘r yuvishdan maqsad nima?
2. Sho‘r yuvish me’yorini aniqlashning qaysi usullarini bilasiz?
3. Sho‘r yuvish me’yorini aniqlashning A.E.Nerozin formulasini tushuntirib
bering?
4. Sho‘r yuvish me’yorini aniqlashning V.R.Volobuev formulasini
tushuntirib bering?
5. Sho‘r yuvish me’yorini aniqlashning V.R.Volobuev formulasi bo‘yicha
logarifmik qiymatni anqlashni tushuntirib bering?
6. Tuproq sho‘rini yuvishda qaysi ko‘rsatkichlarni hisobga olish kerak?
7. Turli darajada sho‘rlangan, har xil mexanik tarkibli tuproqlarda sho‘r
yuvish bo‘yicha qisqacha tavsiyalar bering?