Page 39 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 39
B q 10000 · h · d
Bu yerda:
B- 1 ga maydondagi tuproq og‘irligi, t/ga;
10000 - 1 ga maydon yuzasi, m ;
2
h- hisobiy qatlam qalinligi, m;
3
d- tuproqning hajm og‘irligi, g/sm .
Masalan: 20 jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib 0-21 sm
qatlamdagi tuproq og‘irligini hisoblasak, u B = 10000 · 0,21 · 1,27 = 2667 t/ga
ni tashkil etadi.
Tuproq og‘irligi (2667)ni 100% deb olsak, uning 18,8% ini namlik tashkil
3
etadi. Shu sababli, hisobiy qatlam qalinligidagi suv miqdori (m /ga)
quyidagicha hisoblanadi.
2667 18 8 ,
W 501 4 , м / га
3
100
3
Demak, 0-21 sm qatlamdagi namlik zahirasi 501,4 m /ga ni tashkil qiladi.
Xuddi shu tartibda qolgan qatlamlardagi namlik zahiralari ham aniqlanib,
uning yuvilishi kerak bo‘lgan yuqorigi 1 metrlik qatlamidagi zahirasi
aniqlanadi. Buni aniqlash 2-mashg‘ulotdagi kabi olib boriladi.
Meliorativ amaliyotda sug‘orish, mavsumiy sug‘orish va sho‘r yuvish
me’yorlarini hisoblashda tuproq qatlamlari orasida ushlanib qolgan suv
miqdori, ya’ni tuproqning nam sig‘imini bilishimiz katta ahamiyatga ega. Bu
quyidagi formula bilan hisoblanadi:
W z = W · h · dv
3
Bunda W 3- namlik zahirasi, m /ga
W- tuproq og‘irligiga nisbatan foiz hisobidagi namlik; (TNS)
h- tuproq qatlam chuqurligi, sm;
3
dv- tuproqning hajm og‘irligi, g/sm .
Misol uchun 20 jadval 4 kesma 0-21 sm qatlamdagi namlik zahirasini
aniqlaydigan bo‘lsak:
3
W z = 40 · 21 · 1,27 = 992,1 m /ga
Agar ushbu hisoblab chiqilgan 992,1 sonini 10 ga bo‘lsak suv ustunining
3
mm hisobidagi zahirasi kelib chiqadi , ya’ni 992,1 : 10 = 99,2 mm.
To‘liq nam sig‘imi (TNS)- tuproqning hamma bo‘shliqlari to‘ldirilganda
sig‘ishi mumkin bo‘lgan suvning eng ko‘p miqdori, ya’ni to‘liq suv sig‘imi
tuproqning umumiy g‘ovakligiga teng bo‘lishi kerak. Biroq, suv- tuproqdagi
havoni butunlay chiqarib yubora ololmaydi, tuproq ichidagi bo‘shliqlarning
hamma tomonida suv bilan qisilib qolgan havo mavjud bo‘ladi. Uning miqdori
3 1 га майдондаги сувнинг щар бир миллиметри 10 т сувга тўғри келади, яъни 1 мм сув ¢атлами 10 куб метрни ташкил этади.