Page 40 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 40
mexanik tarkibi yengil bo‘lgan tuproqlarda (fizik loy miqdori <45) 5% ni,
og‘ir tuproqlarda esa (fizik loy miqdori >45) 8% ni tashkil etadi.
Tuproqning to‘liq nam sig‘imi quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
P
ТНС 5 ёки 8 %
dv
Masalan: 4 kesma 0-21 sm qatlam TNS ini hisoblasak, 53,6 : 1,27 – 5 =
37,2% kelib chiqadi.
Bunda R- tuproqning umumiy g‘ovakligi bo‘lib, bu tuproqning hajm
og‘irligi (dv) va solishtirma og‘irligi (d) ko‘rsatkichlari yordamida
hisoblanadi:
d dv
Р 100 %
ум
d
Masalan: 4 kesma 0-21 sm qatlam uchun 2,74-1,27 : 2,74 · 100 = 53,6 %
ni tashkil qiladi.
1 7 - j a d v a l
Fizik loy hajm Solish-tirma Umumiy
Chuqur- Tuproq TNS, DNS, SN,
Kesma № miq- og‘ir-ligi og‘ir-ligi g‘ovak-
lik, sm namligi, % % % %
dori, % g/sm g/sm lik, %
3
3
0-21 37 1,27 2,74 53,6 18,8 37,2 26,0 5,2
21-47 43 1,35 2,71 50,2 20,1 32,2 22,5 4,5
4 47-69 42 1,32 2,75 52,0 19,3 34,4 24,1 4,8
69-92 45 1,30 2,73 52,4 19,8 35,3 24,7 4,9
92-127 44 1,29 2,73 52,7 20,2 35,9 25,1 5,0
Tuproqdagi foydali namning, ya’ni hosilning shakllanishi uchun
ketadigan suvning samari zahirasini hisoblab topish qishloq xo‘jaligida muhim
ahamiyatga ega.
Samarador namlik- tuproq namligining uni o‘zlashtirayotgan o‘simlik
hayot faoliyatini ta’minlashgagina emas, balki uning organik moddalarni
sintez qilishga ham hizmat qiluvchi qismi hisoblanadi. Samarador namlikning
quyi chegarasi barqaror so‘lish namligidir.
Samarador namlik miqdorini hisoblashda suv qatlami qalinligini
millimetrda ifodalash qabul qilingan. Shu ko‘rinishda undan foydalanish, ya’ni
uni yog‘inlarga doir ma’lumotlar bilan taqqoslash oson bo‘ladi.
Samarador namlik zahiralari quyidagi formula yordamida hisoblab
chiqiladi:
W q 0,1 · hM · h (H-CH),
Bu yerda: W- samarador namlikning zahirasi, mm;