Page 90 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 90
atrofida) chuchuklik darajasini saqlab qolgan (tuzlar miqdori 0,2-0,4 g/l), shu bois
tuproqlar deyarli sho‘rlanmaydi, faqat botqoqlanish jarayoni yuz berishi mumkin.
Zonaning quyi qismlarida, grunt suvlari harakatining susayishi va
mineralizatsiyasining ortishi (1,5-2,0 g/l va undan ortiq) tufayli tuproqlarda
sho‘rlanish jarayonini kuzatish mumkin. Meliorativ tadbirlarning kam ishlatilishi
yoki uni butunlay yo‘qligi oqibatida sug‘oriladigan tuproqlar sho‘rlanishi asosan
uchinchi zonada (tarqalib ketish) grunt suvlarining bug‘lanish zonasida sodir bo‘lishi
mumkin.
O‘zbekiston hududidagi ana shu mintaqaga mansub maydonlar yer yuzasi
nishabi kichik bo‘lgan 0,0001-0,001 katta tekisliklar kengliklaridan tashkil topgan.
Bu yerlarning iqlimi quruq va jazirama, yillik bug‘lanish (600-1200 mm) atmosfera
yog‘inlaridan (100-300 mm) bir necha barobar yuqori. Tuproq-gruntlar deyarli og‘ir
mexanik tarkibli bo‘lib, suv ko‘tarish qobiliyati nisbatan baland. Qum-shag‘al
yotqiziqlari chuqur joylashgan (10-30 m va ko‘p). Grunt suvlari sho‘rlangan
(minerallashgan) va yer yuzasiga yaqin joylashgan. Ularning yer osti tabiiy oqimi
juda sekin (kam) ifodalangan yoki butunlay oqimsiz. Tabiiy sharoitning mana bunday
majmuidan kelib chiqib, sho‘rlangan grunt suvlari katta miqdorda bug‘lanishga
sarflanadi. Bunday holatda suvlar doimiy bug‘lanib turadi, tuzlar esa asta-sekin
to‘planib tuproqni sho‘rlantiradi. Havo quruq va uning harakati qancha yuqori,
tuproqning suv ko‘tarish qobilyati kuchli (yuqori), grunt suvlarining joylanishi yer
yuzasiga qancha yaqin va uning mineralizatsiyasi yuqori bo‘lsa, tuproq sho‘rlanishi
jarayoni shunchalik kuchli (jadal) kechadi. O‘zbekistonda sho‘rlangan va
sho‘rlanishga moyil yerlar Farg‘ona vodiysida, Mirzacho‘lda, Buxoro viloyatida,
Amudaryo quyi qismlarida katta maydonlarni egallaydi.
To‘rtinchi zona (qayir) yerlarining meliorativ holati turlicha bo‘lishi mumkin.
Grunt suvlari chuchuk bo‘lgan hududlarda (Chirchiq, Angren, Zarafshon, Norin,
Qoradaryo bo‘ylarida) qayir yerlar sho‘rlanmagan, biroq ayrim joylar botqoqlashgan.
Grunt suvlari minerallashgan (er yuzasiga nisbatan yaqin joylashgan - 1,5-2,5
metrgacha va oqimi sust, masalan, Sirdaryoning chap sohili) maydonlarda qayir
yerlar sho‘rlangan va meliorativ tadbirlar o‘tkazishni taqazo etadi.
Tuproq va uning qatlamlarida tuzlarning to‘planishiga bir qancha omillar ta’sir
etadi. Tuzlar hosil bo‘lishining asosiy manbalari atmosfera yog‘in-sochinlari, tuproq-
grunt suvlari, tuproq hosil qiluvchi ona jinslar, nihoyat oqar suvlar harakatining
sustligi, tuzlarning dengizdan quruqlikka shamol ta’sirida kelib qo‘shilishi
(impulverizatsiya), o‘simliklar, sug‘orish suvlari va boshqalar tuz to‘plovchi
manbalardan hisoblanadi.
Tajriba nuqtai nazaridan olib qaraganda oqar suvlar yoki grunt suvlari bilan
birgalikda tuproqqa kelib to‘planadigan tuzlar alohida ahamiyatga molikdir.
Tuzlarning suv bilan kelib tuproqqa tarqalishi ko‘proq quyidagi mahalliy tabiiy
sharoitlarga: joyning relefi va geologik tuzilishiga, tuproq gruntining suv
o‘tkazadigan (filtrlash) xossalari kabilarga bog‘liqdir.
Tuproq tarkibida tuzlarning tarqalishi va to‘planishida iqlimning roli. Tuproqda
tuzlarning to‘planishi ko‘pincha issiq va quruq iqlimli hududlarga xos bo‘lib,
Markaziy Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda keng tarqalgandir. Bunga sabab quruq va
issiq o‘lkalarda atmosfera yog‘in-sochinining kamligi tufayli yerning chuqur
90

