Page 89 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 89

Sug‘oriladigan  tuproqlar  sho‘rlanganlik  darajasiga  qarab  4  ta  asosiy  guruhga  -
            sho‘rlanmagan,  oz  sho‘rlangan,  o‘rtacha  sho‘rlangan,  kuchli  sho‘rlangan  va
            sho‘rhoklarga  bo‘linadi.  Sho‘rlanish  darajasi  asosan  tuproqning  sho‘rlanish
            ximizmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Turli tipda sho‘rlangan tuproqlar uchun
            tuzlar miqdorining maqbul chegarasi quyidagi jadvalda keltirilgan (13-jadval).
                                                                                                  13-jadval
                             Tuproqlarning ximizmi bo‘yicha sho‘rlanganlik darajasi
                                   (xloridli sho‘rlanish tipidagi tuproqlar uchun)

                                                          0-100 sm li qatlamdagi tuzlar miqdori
                         Sho‘rlanganlik darajasi
                                                        quruq qoldiq           shu jumladan xlor
                            Sho‘rlanmagan                  < 0,3                    < 0,01
                         Kuchsiz sho‘rlangan              0,3 - 1,0               0,01 - 0,05
                         O‘rtacha sho‘rlangan             1,0 - 2,0               0,05 - 0,10
                          Kuchli sho‘rlangan              2,0 - 3,0               0,10 - 0,15
                             Sho‘rhoklar                   > 3,0                    > 0,15

                   Cug‘oriladigan  sho‘rlangan  tuproqlarni  sug‘orishga  qaratilgan  meliorativ
            tadbirlarni  aniqlashda  albatta  u  yoki  bu  tuproqlarning  o‘ziga  xos  xossalari  -

            sho‘rlanganlik  xarakteri,  darajasi  va  tuzlarning  tarkibi  hisobga  olinishi  kerak.
            Shuningdek, hududning tabiiy sharoitlariga, ya’ni iqlim, yerning joylashish holati va
            uning nishabligi, litologik tuzilishi, tuproq-gruntlarning suv-fizik xossalari va ayniqsa
            gidrogeologik  sharoitlari,  ya’ni  grunt  suvlarining  chuqurligi  va  harakatiga  bog‘liq
            ravishda sug‘oriladigan hududlar bir nechta gidrogeologik zonalarga bo‘linadi: ustki
            va grunt suvlarining pastki qatlamlarigacha singib ketish           zonasi; grunt suvlarining
            yer  yuzasiga  sizib  chiqish  (buloqlar  ko‘rinishida)  zonasi;  tarqalib  ketish  va  qayir
            zonalari (Pankov, 1974).
                   Birinchi  zona  -  katta  nishablik  va  yillik  atmosfera  yog‘in-sochinlari  ko‘p
            bo‘ladigan  (500-600  mm)  tog‘  oldi  baland  yerlaridan  iborat.  Bu  yerlarda  suvni
            o‘zidan yaxshi o‘tkazuvchi, mayda tosh, shag‘al, qum qatlamlari yer yuzasiga yaqin
            (1,5-2,0  m)  joylashgan.  Grunt  suvlari  chuchuk  bo‘lib,  yer  yuzasidan  10-30  m  va
            undan ham past chuqurlikda joylashib, o‘zining nihoyatda yuqori tezligi (sutkasiga
            100  metr  atrofida)  bilan  farqlanadi.  Tuproq  qatlamlari  va  grunt  suvlarida
            nishablikning kattaligi tuproq-gruntlarning suv o‘tkazuvchanligining yuqori bo‘lishi
            va grunt suvlarining oqimining yuqori darajada ta’minlanganligi sababli bu yerlarda
            sho‘rlanish  sodir  bo‘lmaydi,  barcha  pastki  gidrogeologik  zonaga  oqizib  yuvilib
            ketiladi,  shu  bois  birinchi  zona  yerlari  meliorativ  qulay  yerlar  hisoblanib,
            sho‘rlanishga va botqoqlanishga moyil emas.
                   Ikkinchi gidrogeologik zona (er osti suvlarining yer ustiga sizib chiqish zonasi)
            -  quyi,  pastki  chegaralaridan boshlanib,  pastki  uchinchi  zona oraliqlaridagi  nishabi
            nisbatan kamroq maydonlarni egallaydi. Tuproqning ustki mayda zarrachali qatlami,
            qalin soz va og‘ir qumoqli mexanik tarkibga ega. Grunt suvlari o‘z yo‘nalishida og‘ir
            tarkibli  qatlamlarga  duch  keladi  va  ular  qarshiligiga  uchrab  siqilish  sharoitida
            joylashadi. Bu suvlar yer yuzasiga yaqin (0,5-2,0 m) ko‘tarilishi yoki sizib chiqish
            mumkin.  Grunt  suvlari  oqimining  sekinligiga  qaramasdan  (sutkasiga  10  metr
                                                            89
   84   85   86   87   88   89   90   91   92   93   94