Page 93 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 93

yotqiziqlarning  3  xil  tip  tarqalish  qonuniyatlari  mavjud  bo‘lib,  ular:  birlamchi,
            akkumulyativ va denudatsion yotqiziqlarga bo‘linadi (Pankov, 1974).
                   Birlamchi  tekislik  yotqiziqlari  dengiz  osti  quruqliklarini  har  xil  epeyrogen
            ko‘rinishlari natijasida hosil bo‘lgan sho‘rli jinslardir. Bunday yotqiziqlarga Turg‘ay,
            Betpak  dala,  Ustyurt,  Markaziy  Qizilqum,  Zaunguz  va  Qoraqumlar  kiradi.
            Sho‘rlangan dengiz osti yotkiziklari har xil yoshdagi birlamchi tekisik bo‘lib, asosan
            unchalik  qalin  bo‘lmagan  elyuviy  qatlami  bilan  koplanadi.  Iklimning  quruq  va
            issiqligidan tuzlar faqatgina dengiz osti jinslari ichida uchrab sahro tuproqlari paydo
            bulish jarayonida ishtirok etishgan.
                   Akkumulyativ  tekisliklarning  asosiy  yotqiziklari  turli  tarkibli  va  qatlamli
            keltirilmalardan iborat bo‘lib, o‘zlarining xarakteriga qarab flyuvioglyatsial - muzlik,
            allyuvial va tog‘ osti prolyuvial - allyuvial tekisiliklariga bo‘linadi. Bu tekisliklarning
            asosiy yotqiziqlari suvli - muzlik qoplamlari qumoq, qumoqli hamda loyli karbonatli,
            ayrim joylarda karbonatsiz allyuvial jinslardan iboratdir. Bu jinslar, V.A.Kovdaning
            ko‘rsatishicha, muzliklarning siljishi natijasida birinchi vaqtda Fe va Al oksidlarining
            cho‘kishi,  keyinchalik  bular  bilan  birgalikda  kremniy  gidroksidining  lyossli  jinslar
            bilan qo‘shilib SaSO 3 va MgCO 3 ayrim joylarda hattoki soda moddasini hosil qilishi
            aniqlangan. Shu sababli bu yerlarda sodali sho‘rlanish, keyinchalik solodlashgan va
            solodli tuproqlarning hosil bo‘lishi bilan tuproqlar tarkibida tuzlar to‘plangan.
                   Denudatsion  (qoldiq)  tekisliklar  ─  tektonik  harakatlar  to‘xtashi  bilan  paydo
            bo‘lgan maydonlardir. Bularga Betpak dala platosining sharqiy qismi va Qozog‘iston
            maydonlarining mayda balandliklari kiradi. Bular oldin tog‘liklar bo‘lib denudatsion
            jarayonlar ta’sirida maydalanib ketgan tekislikdir. Bu tekisliklar turli tarkibli qattiq
            jinslardan  iborat  bo‘lib,  elyuvial  hamda  delyuvial  yotqiziqlardir.  Delyuvial  jinslar
            ko‘pincha  sho‘rlangan  bo‘ladi,  chunki  nurash  jarayonida  delyuvial  suvlar  ta’sirida
            qiyaliklardan tuzlar yuvilib pastliklarda to‘planadi.

                   Bundan tashqari, tuzlarning geomorfologik oblastlarda to‘planishida relefning
            ham  ta’siri  katta.  Tuproqda  tuz  to‘planishi  asosan  makroreleflarning  pastqam
            joylarida, turli moddalarning ko‘proq yig‘ilgan uchastkalarida rivojlanadi. Relefning
            balandroq shakllari uchun tuzlarning oqib chiqib ketishi xarakterlidir. Yer usti va yer
            osti tuproq-grunt suvlari bilan ular relefning pastqam joylariga oqib o‘tib depressiya
            tuproqlarining sho‘rlanishiga olib keladi.
                   Daryo  bo‘ylarining  pastki  mintaqalari  esa  vaqti  -  vaqti  bilan  suv  bosishi
            natijasida  boshqa  mintaqalarga  qaraganda  ko‘proq  sho‘rlanadi.  Bundan  tashqari
            daryolarning  o‘ng  qirg‘oqlari  ko‘p  yuvilishi  va  yer  ostki  suvlarining  oqimi
            yaxshiligidan  chap  qirg‘og‘iga  qaraganda  kam  sho‘rlanadi.  Daryo  qirg‘oqlaridan
            uzoqlasha borish bilan esa yer ostki suvlarining oqimi          qiyinlashgan sari sho‘rlanish
            kuchaya  boradi.  Bunga  sabab  tuproqning  mexanik  tarkibi  daryo  qirg‘og‘idan
            uzoqlashgan sari og‘irlashib borishi hamda sizot suvlaridir.
                   Tuzlarning  to‘planishida  daryo  suvlarining  roli.  Yer  ustki  yoki  daryo
            suvlari tarkibidagi suvda yengil eruvchi tuzlar kontinental siklda ularning aylanasida
            katta ahamiyat kasb etadi. Daryo suvlarining hosil bo‘lish manbalari:
                     atmosfera yog‘in - sochinlari va erigan qor suvlarining hosil bo‘lishi hamda
            ularni yerning ustki qismida tarqalishi;


                                                            93
   88   89   90   91   92   93   94   95   96   97   98