Page 88 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 88

markaziy  (Farg‘ona  vodiysining  ko‘p  tumanlari,  Mirzacho‘l,  Jizzax,  Samarqand
            viloyatining ayrim tumanlari) va shimoliy (Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi).
            Bu yerlarni sho‘rhokli va sho‘rhoksimon           tuproqlar tashkil etadi. Bulardan tashqari
            tuproq singdirish kompleksida  singdirilgan natriy yoki magniyning miqdorlari yuqori
            bo‘lgan,  agrofizikaviy  xossalari  o‘ta  yomon sho‘rtobsimon  tuproqlar ham  uchraydi
            (Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi) (37-rasm).










































                            37-rasm. Orolbo‘yi hududlaridagi sho‘rlangan maydonlar

                   O‘zbekistonning ko‘p tuman va viloyatlarida tuproqdagi sulfatlar miqdori ko‘p
            holatlarda xloridlardan ancha yuqori, tabiiyki sho‘rlanish xlorid-sulfatli yoki sulfatli.
            Buxoro  viloyatining  tumanlarida  va  Farg‘ona  vodiysida  tuzlar  tarkibini  asosan
            sulfatlar  tashkil  etib,  xloridlar  juda  kam  miqdorda  uchraydi,  shu  bois  bu  yerlarda
            tuproq  sho‘rlanish  tipi  sulfatli.  Boshqa  ayrim  tumanlarda  sulfat-xloridli  va  kam
            holatlarda  xloridli  sho‘rlanish  tiplari  uchrab  turadi.  Sug‘oriladigan  tuproqlarning
            ayrim  qismlarida  gidrokarbonatli  chuchuk  grunt  suvlari  yer  yuzasiga  yaqin
            joylashgan  maydonlarda  sho‘rlanishning  o‘ziga  xos  magniy  karbonatli  turi

            aniqlangan  bo‘lib,  ular  Samarqand,  Farg‘ona  va  Toshkent  viloyatlarining  qator
            tumanlaridagi o‘tloqi-botqoq tuproqlarida uchrab, ko‘pgina maydonlarni egallagan.
                   Suvda  eruvchi  tuzlarning  yuqori  harakatchanligi  bois  sug‘oriladigan
            sho‘rlangan  tuproqlar  maydonlari  doim  o‘zgaruvchan.  Tabiiy  va  xo‘jalik  omillari
            sharoitlariga bog‘liq ravishda ular nisbatan qisqa vaqt ichida ortishi yoki kamayishi
            va  bir  vaqtning  o‘zida  sho‘rlanganlik  darajalari  kuchayib  yoki  pasayishi  mumkin.

                                                            88
   83   84   85   86   87   88   89   90   91   92   93