Page 91 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 91
qatlamlarigacha namlanmasligi, grunt suvlarining tuproq yuzasiga yaqin
joylashganligi va parlanishning nihoyatda ko‘pligidir. Parlanishning miqdori iqlimiy
sharoitlarga bog‘liq ravishda ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi. Birinchidan erkin suv
yuzasidan parlanish, ikkinchidan tuproq yuzasidan parlanish. Quyida keltirilgan
jadvaldan ko‘rinib turibdiki, shimoldan janubga qarab yurgan sari bug‘lanish ortib
borishini ko‘ramiz, shunga mos ravishda parlanish ham bir me’yorda oshib boradi
(14-jadval).
14-jadval
Har xil zonalardagi namlikni bug‘lanishi va parlanishi (mm)
Zonalar Bug‘lanish Parlanish
Tundra 200-300 70-120
Tayga 300-600 200-300
Aralash o‘rmon 400-850 250-430
Dasht 600-1100 240-550
Chala cho‘llar 900-1000 180-200
Cho‘llar 1500-2000 50-100
Subtropik 800-1300 300-750
V.A.Kovdaning ta’riflashicha, atmosferadan tushadigan yog‘in-sochin
o‘simliklar qoplami va sizot suvlarning yer yuzasiga uzoq-yaqin joylashganligiga
qarab parlanish shimoldan janubga tomon iqlimni quruqlasha borishi bilan orta
boradi.
Dasht va o‘rmon-dasht zonasida sho‘rxok va sho‘rxoklashgan tuproqlar,
sho‘rlangan gruntlardan yoki yer osti suvlari chuqur joylashmagan, minerallashgan
(1,5-2,5m) sizot suvlaridan paydo bo‘ladi. Qo‘riq dasht zonasida esa, tuproqlarning
sho‘rlanishi yog‘ingarchilikni ozligi va uning yil davomida bir xilda tarqalmasligidan
va bahor, yoz oylarining uzoq davom etishidan va nihoyat, atmosferadan tushadigan
yog‘in yerning chuqur qatlamlarini namlatmasligidan hosil bo‘ladi. Bunday sharoitda
ko‘proq solodlashgan tuproqlar paydo bo‘ladi. Sho‘rlangan va solodlashgan qatlamlar
yer yuzasidan uncha chuqur joylashmagan bo‘lib, sizot suvining kapillyar rejimi tipi
ostida dasht zonasiga qaraganda ko‘proq tuz to‘planadi.
Cho‘l va chala cho‘l zonalarida esa boshqa zonalarga qaraganda atmosferadan
keladigan yog‘ingarchilikni ozligi (yog‘ingarchilik asosan bahor va qish oylarida) va
bu tuproqni chuqur qatlamlarini namlata olmasligi, bug‘lanishni nihoyatda ko‘pligi
oqibatida bu zonalarda tuzlarni to‘planishi tez va ko‘p miqdorda bo‘ladi. Bundan
tashqari sizot suvlar yer yuzasidan chuqur joylashmagan bo‘lsa u tuproq kapillyarlari
orqali ham ko‘tarilib tuproqni sho‘rlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Turli landshaft - geokimyoviy holatlarda turlicha tuzlar to‘planadi (15-jadval).
Namlik birmuncha yuqori bo‘lgan iqlim sharoitlarida kam eriydigan tuzlar
to‘plangani holda suvda ko‘proq eriydigan tuzlar chuqur qatlamlarga, ona jins va
grunt suvlarigacha yuvilib ketadi. Qurg‘oqchilik ortgan sari suvda ko‘proq eriydigan
tuzlar to‘plana boshlaydi. Kuchsiz sho‘rlanishning boshlang‘ich davrida soda tuzi
ko‘proq to‘plana boshlaydi. Sho‘rlanish kuchaygan sari birinchi o‘rinni sulfatlar,
undan keyin xloridlar egallaydi.
91

