Page 87 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 87

soda-sulfatli,  xlorid-sodali,  sulfat-sodali,  sulfat  yoki  xlorid-gidrokarbonatli
            turkumlarga hamda sho‘rlanish manbalariga ko‘ra - litogenli, qadimiy gidromorfli va
            biogenli turkumlarga ajraladi.
                   Shuningdek,  sho‘rhoklar  tuproq  profilidagi  tuzlarning  tarqalish  xarakteriga
            ko‘ra: ustki, yuzaki (agar tuzli qatlam 0-30 sm da tarqalgan bo‘lsa) va chuqur profilli
            (agar  butun  profil  sho‘rhoklar  darajasida  sho‘rlangan  bo‘lsa)  guruhlarga  bo‘linadi.
            Morfologik  tashqi  ko‘rinishga  ko‘ra  sho‘rhoklar  -  mayin,  qatqaloq,  qora  va  ho‘l
            guruhlarga  bo‘linadi.  Qatqaloq  sho‘rhoklarning  betida  yupqagina  tuz  qavati
            (qatqaloq) hosil bo‘ladi va bu qatqaloq tarkibida asosan xlorid tuzlar (NaCl) bo‘lib,
            sulfatlar  oz  uchraydi.  Mayin  sho‘rhoklarning  ustki  qavati  quruq,  g‘ovak  va  juda
            mayin  bo‘ladi,  kishi  oyog‘i  oson  botadi  va  iz  tushadi.  Bu  xildagi  sho‘rhoklar
            tarkibida  asosan  sulfatlar,  ayniqsa  Na 2SO 4  ko‘p  bo‘ladi.  Qora  sho‘rhoklarda  soda
            (Na 2CO 3) ko‘p bo‘lganligidan tuproq gumusi tarkibidagi gumin kislota eriydi va qora
            tus  hosil  qiladi.  Ho‘l  sho‘rhoklar  tarkibi  asosan  CaCl 2  va  MgCl 2  tuzlaridan  iborat
            bo‘ladi.
                   Sho‘rhoklarda  tarqalgan  o‘simliklar  onda-sonda,  yakka-dukka  tarzda
            rivojlangan  bo‘lib,  ular  sho‘ra  o‘simliklarini  turlik  o‘rinishlarini  namoyon  qiladi
            (sertuz va yuqori osmotik bosimli tuproq eritmasida hayot kechirishga moslashgan
            qorasho‘ra, sarsazan, sho‘ra, burgan, shuvoq, kurmak kabilar) va ildiz sistemalarining
            chuqur  ketishi  va  kul  moddasining  yuqori  miqdorda  bo‘lishi  bilan  farqlanadi.
            Sho‘ralarning  ayrim  turlarida  kul  elementlarining  miqdori  20-30%  ni  tashkil  etadi.
            Kul tarkibida xlor, oltingugurt, natriy elementlari ko‘proq uchraydi.
                   O‘zbekiston  hududidagi  sho‘rlangan  tuproqlar  maydoni.  Hozirgi  vaqtda
            Yer  sharining  turli  hududlarida  tez  sur’atlar  bilan  yuzaga  kelayotgan  sho‘rlanish
            jarayonlarini  o‘rganish  muhim  dolzarb  masalalardan  hisoblanadi.  O‘zbekistonda
            tarqalgan  sho‘rlangan  tuproqlarning  turli  xossa-xususiyatlarini  hamda  unumdorlik

            ko‘rsatkichlarini  sho‘rlanish  jarayonlari  ta’sirida  o‘zgarishi  bir  qator  olimlar
            tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ularning ishlarida sho‘rlangan tuproqlarning genezisi
            va  melioratsiyasiga  oid  umumiy  muammolar  o‘rganilgan,  shu  bilan  birga
            tuproqlardagi  suv  hamda  tuzlar  harakatining  barcha  mexanizmlari  va  umumiy
            qonuniyatlari  ochib  berilgan.  Bularga  misol  qilib  L.T.Tursunov  va  b.,  1972,  1990,
            2008;  Uzoqov  va  b.,  2008;  M.U.Umarov,  1974,  1975;  A.M.Rasulov,  1976;
            A.U.Axmedov  va  b.,  1984,  1994;  Ye.I.Pankova  va  b.,  1987,  1996;  A.A.Tursunov,
            1987; S.A.Abdullaev va b., 1995, 1997; M.M.Tashkuziev, 1996, 2000; T.X.Xojiev va
            b., 1997; I.Turapov va b., 2000, 2001; Kurvantaev va b., 2000; I.A.Yamnova va b.,
            2007, 2008; X.E.Yuldasheva, 2008 va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
                   Ma’lumki,  so‘nggi  yillarda  O‘zbekiston  hududida  tabiiy  komponentlarning,
            shu  jumladan  tuproqlarning  ham  ekologik  holati  yomonlashuvi  kuchli  darajada
            kuzatilmoqda.  Sug‘orish  va  sho‘r  yuvish  me’yorlarining  oshishi  sizot  suvlari
            sathining  ko‘tarilishiga  olib  kelmoqda  va  bu  o‘z  navbatida  tuproq  sho‘rlanishining
            asosiy  sabablaridan  biriga  aylanmoqda.  Shu  bois,  arid  mintaqa  sho‘rlangan
            tuproqlarining  unumdorlik  holatini  hozirgi  sharoitlarda  o‘rganish  tuproqshunoslik
            fanining muhim hayotiy muammolaridan biri hisoblanadi.
                   O‘zbekistonda  sug‘oriladigan  sho‘rlangan  tuproqlar  turli  gorizontal-kenglik
            zonalarida  uchraydi:  janubiy  (Surxondaryo,  Qashqadaryo,  Buxoro  viloyatlari),
                                                            87
   82   83   84   85   86   87   88   89   90   91   92