Page 92 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 92
15-jadval
Turli landshaftli mintaqalarda tuzlarning tarqalishi
Quruq Tuproqdagi
Yog‘in- Yillik Grunt suvlarini
Landshaft sochinlarning o‘rtacha davrlardagi eng yuqori yengil Tuproqda
eruvchi
mintaqalari o‘rtacha yillik bug‘lanish, havoning minerali- tuzlarning tarqalgan
nisbiy
tuzlar
miqdori, mm mm zatsiyasi, g/l
namligi, % miqdori, %
NaCl,
KNO3,
Cho‘l 100 2000 -2500 20 200-350 25-50 MgCl2,
MgSO4,
CaSO4, CaCl2
NaCl, Na2SO4
1000 -
Yarim cho‘l 200-300 20-30 100-150 5-8 CaSO4,
1500
MgSO4,
Na2SO4,
Dasht 300-450 800 -1000 35-40 50-100 2-3 Na2CO3
NaHCO3
NaHCO3
O‘rmon- 350-500 500-800 40-45 1-3 0,5-1 Na2CO3
dasht
Na2SO4
Cho‘l zonalarida tuproqlar sho‘rlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan
biri shamoldir. Bu zonalar yoz oylari shamol rejimi bilan bog‘liq bo‘lib, yer ustki
qismini qurishi, chang hamda tuzlarning uchirib olib ketishi bilan xarakterlanadi va
tuproq shamol eroziyasiga uchraydi. Tabiatda elementlarning geoximik aylanishida,
ayniqsa tuproqlarning sho‘rlanishida shamolning ta’siri kattadir. Shamol orqali tuzlar
chang va mayda zarrachalar bilan dengizlardan olib kelinib, shamol pasayganda yoki
yomg‘ir yoqqanda ular tuz jamg‘armasi hisobida ma’lum yerlarda yig‘iladi.
F.Klarkning ma’lumotlariga qaraganda, har yili yerga atmosferadan 2 t dan 20 t
gacha natriy xlorid tushar ekan. Shulardan eng ko‘pi dengiz oldi hududlarga to‘g‘ri
keladi. Misol tariqasida Orol dengizini ko‘rsatish mumkin. Olimlar keltirilgan
ma’lumotlarga ko‘ra, Orol bo‘yi maydonlariga har yili dengizdan 170-800 kg/ga
tuzlar shamollar olib kelib yotqiziladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tuproq qatlamlarida tuzlarni to‘planishi va
aralashishida joyning iqlimiy sharoiti katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun har bir
joyning iqlimiy sharoitlarni hisobga olgan holda yangi yerlarni o‘zlashtirish, uning
hosildorligini meliorativ nuqtai nazardan oshirish, xamda agrotexnikaga tayangan
holda tuproqlarni sho‘rlanishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Tuzlarning tuproq qatlamlarida to‘planishida joyning relefi, geologik
tuzilishi va geomorfologik sharoitlari roli.
Nurash qobig‘ining yotqiziqlarida, tuproqlarda hamda sizot suvlarida
tuzlarning to‘planishi yerning geologik tuzilishi va geomorfologik sharoitlariga
bog‘liqdir. Yerning geologik strukturasi uning qatlamlari morfogenezisi va
litogenezisi kelib chiqishi hamda gidrogeologik jarayonlarining rivojlanishi tuproq
qatlamlarida va sizot suvlarida tuzlarning to‘planishida katta rol o‘ynaydi.
Sho‘rlangan tuproqlar asosan yerning tekislik qismida keng tarqaladi, faqat
ozroq qismigina tog‘liklarning yon bag‘rlarida sho‘rlangan delyuvial prolyuvial
jinslarning yuvilishidan hosil bo‘ladi. Yerning tekislik qismida sho‘rlangan
92

