Page 97 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 97
V.I.Vernadskiyning hisobiga ko‘ra, Yer sharidagi organizmlarni umumiy
18
17
massasi 10 – 10 t ga teng yoki bu taxminan yerning 16 km chuqurlikkacha bo‘lgan
massasini (0,1-0,01 %) ni tashkil qiladi. Shulardan 65-70 % kislorodga, 10%
vodorodga to‘g‘ri kelsa, qolgan 20-25% har xil kul elementlarini tashkil qilar ekan.
Bularga S, Sa, Mg, Si, Fe, Ka, S, Na, Al, Cl va boshqa elementlar kiradi. Ushbu
elementlar o‘simliklarning xiliga qarab K - 15-30%, Sa - 5-10%, Mg - 2-4%, Na - 2-
4% va hokazolarni tashkil qiladi.
O‘simliklar o‘zlarining hayot jarayonini o‘tab bo‘lgandan keyin tuproqda
yashovchi miroorganizmlar tomonidan bir qismi singdiriladi va qolgan qismi o‘zining
tarkibidagi yengil eruvchi tuzlarni tuproqni yuza qismida to‘plab boradi (16-jadval).
16-jadval
Dasht va cho‘l o‘simliklari tarkibidagi kul elementlarining miqdori
(V.A. Kovda ma’lumotiga ko‘ra)
Kul Kul elementlariga nisbatan % hisobida
O‘simliklar
elementlar Sl SO4 SiO2 P2O5 N K Mg Ca
Semiz sho‘ra 40-45 15-17 10-17 0,86 0,6-0,4 22-30 1-3 0,3-2 0,3-1
(30-40) 1-3
Yarim quruq 20-30 4-15 3-15 2-4 1-4 12-26 2-8 2-3 3-6
Sho‘ralar 2-3,6 10 14 11-22
30 7
Quruq 4-11 1,5-5 4-9 4-12
Sho‘ralar 10-20 3,5 (18-22) (21-62) 4-9 (30-65) 4-12 0,5-1,5 (15-22)
4-8 6-15 1-5 10-15
Shuvoqlar 5-10 4-8 19 6-13 0,5-18
(15-30) (28) (10-20) 20
Eslatma: Qavs ichidagi sonlar yuqori ko‘rsatkich.
Yuqorida keltirilgan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, sho‘ra o‘simliklari
tarkibidagi kul elementlar 16-20% dan 40-45% gachani tashkil qiladi. Bundan shuni
aniqlash mumkinki, har yili o‘simliklardan gektariga 200-500, hattoki 1000 kg gacha
kul elementlari qolishi mumkin. Yana shuni ta’kidlash kerakki, sho‘ra o‘simligining
ayrim turlari (biyurgun) o‘zlarining tarkibida juda katta miqdorda Na kationini
ushlaydi. Bu o‘simliklar minerallashgandan keyin tuproqlarni sho‘rtoblanishiga olib
keladi. Lekin ko‘pchilik sho‘ra o‘simliklari Na bilan birgalikda Sa elementlarini ham
ushlagani uchun tuproqlar sho‘rtoblanmaydi, ammo yengil eruvchi tuzlar ko‘p
miqdorda to‘planadi va tuproqlar sho‘rhoklanadi.
Efemer o‘simliklar esa tuproqlarda unchalik ko‘p yengil eruvchi tuzlarni
to‘plamaydi, chunki bu o‘simliklarni ko‘p qismida Na ga nisbatan Sa elementlari
ko‘proq bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan tuproqni singdirish kompleksidan Na ni siqib
chiqaradi va bu jarayon tuproqlarda sho‘rtobsizlanish deb yuritiladi.
§7.2. Tuproqdagi tuzlarning tuproq xossalari, o‘simliklar o‘sishi va hosildorligiga
ta’siri
Ma’lumki, tuproq unumdorligini pasaytiruvchi salbiy omillardan biri – bu
sho‘rlanish jarayoni hisoblanadi. Olib borilgan ko‘p sonli tajribalar natijasiga ko‘ra,
97

