Page 99 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 99
eruvchanligi NaCl ishtirokida 4 marta, Na 2SO 4 ishtirokida esa 5 marta ortadi
(Gafurova va b., 2003).
Eritmaning ma’lum bir konsentratsiyasida tuzlar kristall modda shaklida
cho‘kmaga tushadi. Tuzlarning cho‘kmaga tushishi boshlangan konsentratsiya
ko‘rsatkichi haroratga, bosimga va boshqa tuz va gazlarning ishtirok etishiga bog‘liq
bo‘ladi. Ko‘p komponentli eritmalardan tuzlarning cho‘kmaga tushish (ketma-ketligi)
ularning erish darajasiga bog‘liq. Kuchsiz eriydigan tuzlar pastroq, yaxshi eriydigan
tuzlar esa yuqori konsentratsiyada cho‘kmaga tusha boshlaydi. Tuzlarning cho‘kmaga
tushishining umumiy qonuniyatlari quyidagi qatorlar bilan ifodalanadi, ya’ni
kationlar quyidagi tartib bo‘yicha cho‘kmaga tushadilar:
Si - Fe - Ca - Mg, Ca - Mg - K, Na - K - Mg
CO 3 SO 4 Cl
anionlar esa: CO 3 - SO 4 - Cl.
Tuzlarning eruvchanligiga va ularning eritmadan cho‘kmaga tushishi suv
ushlovchi gruntlar va tuproqlarning xossalariga, jumladan, mexanik tarkibi, suv
xossalari, singdirilgan asoslar tarkibi, rN, SO 2 karbonatlar va boshqalarga katta ta’sir
ko‘rsatadi. Shuningdek, u o‘simliklardagi qator biokimyoviy va fiziologik
funksiyalari, ularning suv va oziqlanish rejimlari va ildiz sistemalari holatini
buzilishiga olib keladi. Tuzlar ta’sirida fotosintez jarayonlari jadalligi,
o‘simliklarning nafas olishi pasayadi, modda almashinishi susayadi, organik
moddalarning to‘planishi kamayadi. Tuzlarning o‘simliklarga zararli ta’siri urug‘
chigit unib chiqish fazasidan ko‘rina boshlaydi. Tuproq sho‘rlanganligi yuqori
darajada bo‘lganda urug‘lar unib chiqishi ancha davrga kechikadi. Urug‘ yaxshi
o‘sishi zarur bo‘lgan namlikni o‘zlashtira olmaydi. Shu bois urug‘larning unib
chiqish energiyasi kamayadi yoki urug‘ butunlay unib o‘smaydi. Natijada ekinlarning
yakka-dukka o‘sib chiqishi kuzatiladi, o‘simliklarning gektar hisobidagi soni
kamayadi, tuproq yuzasida sho‘r dog‘lar paydo bo‘ladi, o‘simliklarning nobud
bo‘lishi kuzatiladi.
Tuproq sho‘rlanishi qishloq xo‘jalik ekinlarining ildizlariga ham salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Tuz zaxiralarining katta miqdori ildizlarning pastki qatlamlarga o‘tishini
kechiktiradi.
Sho‘rlangan tuproqlarda o‘simliklar tomonidan suv o‘zlashtirilishi sekinlashadi
va transpiratsiyaga sarf qiladigan suvning miqdori kamayadi. Tuproqdan
o‘simliklarga suv oziqa moddalari bilan ularning ildiz va barglarining so‘rish kuchi
ta’siri ostida o‘tiladi. So‘rish kuchi o‘simliklarning hujayra shirasi so‘rish bosimi
tufayli sodir bo‘lib, u o‘simliklarda bir xil emas. Masalan, bir qator sabzavot va poliz
ekinlari uchun, jumladan bodringlarda so‘rish kuchi bor-yo‘g‘i 2-5 atm.,
sho‘rlanmagan tuproqlardagi g‘o‘za 10-15 atm., sho‘rlangan tuproqlardagi 15-25 atm.
Tuproqlarda yana suv ushlab turuvchi kuchlar mavjud bo‘lib, bu kuchlar katta
oraliqda o‘zgarib turadi. U tuproqda qancha tuz ko‘p bo‘lsa, nam kam bo‘lsa,
shuncha katta bo‘ladi. Sho‘rlanmagan tuproqlarda namlik 9,4 % bo‘lsa, bu kuch 20
99

