Page 103 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 103
Tuproq yumshoq va mayda donador holatda bo‘lsa, undan namlik kamroq
bug‘lanadi, ekinlarning tezroq rivojlanishi uchun sharoit yaratib beriladi. Bunday
natijalarga erishish uchun ixota o‘rmon polosalarini o‘tkazish, g‘o‘za-bedani
almashlab ekish, ekin ekishning ratsional agrotexnikasidan foydalanish zarur.
Shunday qilib, tuproq holatini yaxshilash uchun odatda bitta tadbirdan emas, balki
kompleks meliorativ tadbirlar tizimidan foydalanish lozim. Har bir hudud uchun
qo‘llaniladigan tadbirlar tizimi shu yerning tabiiy va xo‘jalik sharoitlarini hisobga
olgan holda ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi lozim. Ko‘riladigan barcha
tadbirlar ma’lum tartibda, o‘z vaqtida va yuqori sifatli qilib amalga oshirilishi
maqsadga muvofiqdir (Kamilov, 1985).
Zarur meliorativ tadbirlarni aniqlashda yerdan unumli foydalanish katta
ahamiyatga ega. Sug‘oriladigan hududda yerdan foydalanish koeffitsenti (EFK)
sug‘oriladigan maydonning shu xo‘jalik umumiy maydoniga bo‘lgan nisbatini
bildiradi. Masalan, xo‘jalikning umumiy yer maydoni 3500 ga, sug‘oriladigan
maydoni 2600 ga desak,
2600
YeFK = = 0,74 % ga teng bo‘ladi.
3500
YeFK qiymati turli hududlarning tabiiy va xo‘jalik sharoitlariga qarab har xil:
0,3-0,4 dan 0,6-0,85 gacha va undan ham katta bo‘ladi.
Sug‘oriladigan yerlar orasida sug‘orilmaydigan yerlar bo‘ladi. Shu
sug‘orilmaydigan yerlarga sug‘oriladigan yerlardan sizot suvlari oqib boradi.
Shuningdek, sho‘r yuvish jarayonida ham sug‘oriladigan yerlarning sho‘rini ketkizish
ancha oson bo‘ladi. Bu yerlar sho‘rlanishga uncha moyil bo‘lmaydi.
Yerdan foydalanish koeffitsienti qancha katta bo‘lsa, sizot suv oqimi ham
shuncha kam - demak, sho‘rlanishning oldini olish bo‘yicha qilinadigan tadbirlar
(suv-xo‘jalik, agromeliorativ) ning zarurati ham katta bo‘ladi.
Sizot suvlari oqimi kuchsiz bo‘lgan tumanlarda zovur qazimasdan sug‘orish
maydonlarini kengaytirish sizot suvlari sathini ko‘tarilishiga, bu esa o‘z navbatida
yerlarning sho‘rlanishiga sabab bo‘ladi.
Tuproqni yuvishga tayyorlash. Suvni oz sarflab ko‘p tuzlarni yuvib yuborish
uchun qator agrotexnik shartlarga rioya qilish zarur. Sho‘r yuvishdan oldin dalani
yaxshilab tekislab chiqish eng muhim shartlardan hisoblanadi. Agar sho‘ri
yuviladigan dalaning yuzi notekis bo‘lsa, u yerni tekis va yetarlicha sho‘rsizlantirib
bo‘lmaydi. Sharoitga qarab sho‘r yuvish natijalari turlicha bo‘ladi. Turlicha asosiy
ishlov berishlar bilan birgalikda sho‘r yuvish samaraliligi sho‘r yuvish muddatiga
bog‘liqdir.
Yerning sho‘ri kechiktirib yuvilganda (fevral-mart oylarida) kuzgi shudgorlash
o‘zining samaradorligini ancha yo‘qotadi. Bu holda paxta hosili ham
shudgorlashgacha yuvilgandagiga qaraganda kam bo‘ladi. Ikkinchi holda sho‘r
yuvish oldidan dalani g‘o‘zapoyadan tozalab olinadi, ham tuproq chizel bilan
yumshatiladi.
Paxta bir-necha marta terilgandan keyin tuproqning 20 oktyabr-
1-20 noyabrgacha bo‘lgan muddatlarda sho‘ri yuviladi. Sho‘r yuvish uchun eski
103

