Page 107 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 107
ekishni to‘g‘ri amalga oshirish, tuproqqa ishlov berish yaxshi sistemasidan
foydalanish, ekinlarni ratsional usulda sug‘orish zarur.
Shunday qilib, sho‘rlangan yerlarning melioratsiyasi bo‘yicha qilinadigan
majburiy tabdirlar quyidagilardan iborat:
1. Har bir xo‘jalik tabiiy va irrigatsiya xo‘jalik sharoitiga bog‘liq holda
suvdan foydalanish normalarini rejalashtirish. Respublikaning ko‘pgina sug‘orish
tarmoqlari uchun qaerda paxta va beda yetishtirilsa, yil davomida oladigan jami suv
3
miqdori 10-12 ming m /ga dan oshmasligi zarur.
2. Sug‘orish texnikasini yaxshilash, yangi texnologiyalarni joriy qilish. Pushta
olib sug‘orish - chunki bu usulda sug‘oriladigan tuproqlarning bir me’yoriy
namlanishi ta’minlanib, kam suv sarflanib, sug‘oriladigan uchastkalardan suv
isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sug‘orish pushtalari maydonlarining optimal
nishabligini hisobga olib tortilishi zarur, chunki tuproq yuvilib ketmaydi va ortiqcha
suv pushta oxirida to‘planib qolinishini oldi olinadi.
3. Tuproqning g‘ovakli - kesakcha holatini tiklovchi va unda namligini ushlab
qolishini ta’minlash uchun dalalarni o‘z vaqtida va yaxshilab qayta ishlash zarur.
4. Sug‘oriladigan maydonlarning yuzasini tekislash.
Sho‘rlangan tuproqlarda agrotexnik tadbirlarni o‘tkazishda asosiy diqqat
e’tiborni qayta ishlov berish, almashlab ekish, puxta sug‘orish va sho‘r yuvish
ishlarini bajarishga qaratilishi lozim. Yomg‘irli kuz oylarida sho‘rlangan tuproqlarni
chuqur kuzgi shudgorlash ularning davriy sho‘rsizlanishiga olib keladi.Tuproq
sug‘orilgandan so‘ng chuqur kultivatsiya qilish uning yuzasi parchalanishni 20-30%
kamaytiradi va sug‘orilgandan so‘ng sho‘rlanishni ancha kamaytiradi. Beda
almashlab ekish yaxshi sug‘oriladigan sharoitlarda kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan
tuproqarni sho‘rsizlanish rejimiga yaxshi ta’sir qiladi.
Yer osti suvi sathining 50-100 smga pasaytirilganda tuproq yuzasidan
parlanishi ancha kamayib, tuproqning suv-fizik xususiyati yaxshilananadi va ikki-uch
yil ichida ildiz oziqlanadigan qatlamdan tuzlarning pastki qatlamiga tushishiga imkon
beradi.
Sho‘rlangan sug‘oriladigan tuproqda bir yillik sug‘orish soni shu tumandagi
sho‘rlanmagan tuproqlar uchun rejalashtirilgan sug‘orish sonidan 2-3 marta ko‘p
bo‘lishi kerak. Sho‘rlangan tuproqlarda iyul va avgust oylarida, ya’ni parlanish,
transpiratsiya va tuz to‘planish maksimal darajaga yetganda sug‘orishlar o‘rtasidagi
vaqt 10-12 kundan oshmasligi zarur, chunki vegetatsion sug‘orish hisobiga
sho‘rsizlanish dalalarda yilning bu davrida 5-6 kun bilan chegaralanadi.
Ildiz oziqlanadigan qatlamda oson eruvchi tuzlarning ishqorsizlanishi uchun
qishda yuvish amalga oshiriladi. Bu profilaktika ishlari deyiladi. O‘zbekiston
sharoitida bunday sug‘orishlar kuzgi-qishki atmosfera yog‘inlari bilan tabiiy
sho‘rsizlantirishni tezlashtiradi. Qishki profilaktik sug‘orish natijasida haydov
qatlami va haydov osti qatlamining qoniqarli sho‘rsizlanishiga erishish mumkin.
Sho‘rtoblangan tuproqlarni yaxshilash. Markaziy Osiyoning, shu jumladan
O‘zbekistonning sug‘oriladigan, shuningdek, o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan yerlari
orasida tuprog‘i ma’lum darajada sho‘rtoblanib qolgan yerlar uchrab turadi. Ular
mexanik tarkibiga ko‘ra turlicha: soz, qumoq, bir va ikki metrli qatlamlarida qum va
qumoq holda bo‘ladi.
107

