Page 109 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 109

Sug‘orishda foydalaniladigan suvning sho‘rligi bir litrda 1-2 g-l dan ortmasligi,
            sug‘orish  natijasida tuproqda  yig‘ilib  qolishi  mumkin  bo‘lgan tuzlarni  yuvib  turish
            uchun har yili bir marotaba vegetativ sho‘r yuvish o‘tkazilib turishi kerak. Sug‘orish
            suvining  mineralizatsiyasi  4-5  g-l  bo‘lsa,  har  4-5  oddiy  sug‘orishdan  so‘ng  bir
            marotaba  sho‘r  yuvish  o‘tkazilishi  kerak.  Sug‘orish  suvining  sho‘rligi  10-12  g-l
            bo‘lsa, u vaqtda qalin o‘tkazilgan, yaxshi ishlaydigan zovur kanallari yordamida har
            gal bostirib sug‘orish kerak. Sug‘orish suvning mineralizatsiyasi 7-8 g-l bo‘lsa, har
            ikki sug‘orishdan so‘ng uchinchisi sho‘r yuvish sug‘orish bo‘lishi kerak.
                   Ikkilamchi sho‘rlanishni oldini olishning asosiy choralariga sug‘orishda suvdan
            foydalanish intizomiga qattiq rioya qilish, suvdan foydalanish koeffitsentini 0,8-0,9
            %  gacha  ko‘tarish,  kanallarni  betonlash,  polietilen  trubalardan  foydalanish,  sun’iy
            yomg‘ir usulida sug‘orish, qish kunlari kanallarni berkitib qo‘yish, kanal yoqalarida
            ixota  daraxtzorlarini  o‘tkazish,  biologik  drenajni  kuchaytirish  va  boshqalar  kiradi.
            Ko‘rsatilganlarga rioya qilmaslik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
                   Sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash va ularni unumdorligini
            oshirishda eng avvalo salbiy jarayonlarni yuzaga keltiruvchi omillarni har tomonlama
            chuqur  o‘rganish  va  shu  asosda  bunday  salbiy  jarayonlarning  oldini  olish  va  ular
            oqibatlarini  bartaraf  etishning  ilmiy  asoslangan,  iqtisodiy  samarador  chora-
            tadbirlarini  va  texnologiyalarini  ishlab  chiqish  va  joriy  etish  muhim  ahamiyatga
            egadir.
                   Tuproqlarning  sho‘rlanishi  ekinlar  hosildorligini  keskin  kamaytirib  yuboradi.
            Kuchli  sho‘rlangan  yerlarda  o‘simliklar  butunlay  o‘smay  nobud  bo‘lishi,  mikrob
            senozlarining  buzilishi  va  natijada  tuproq  unumdorligining  keskin  pasayish  hollari
            kuzatiladi. Shu sababli tuproqlarning ekologik holatini o‘rganish va ularning ekologik
            funksiyalarini  kuchaytirish  orqali  atrof-muhitni  sog‘lomlashtirish  yo‘llarini  ishlab
            chiqish bugungi kundagi eng dolzarb muammolardan hisoblanadi va ushbu masalani

            yechimini  topish  uchun  mikrob  tizimidagi  ichki  biotik  bog‘lanishlarni  tahlil  qilish,
            turli  mikrob  guruhlarini  xarakterli  vazifalarini  hisobga  olish,  gumus  birikmalarini
            minerallashtirish  va  qaytarish  jarayonlarini  amalga  oshiruvchi  geterotrof
            mikrofloraning faoliyatini chuqur o‘rganishni taqozo etadi va bu esa o‘z navbatida
            tuproqda  kechadigan  biokimyoviy  jarayonlarni  boshqarish  natijasida  uning
            unumdorligini oshirish imkonini beradi (Djumaniyazova, 2002, 2012).
                   Bugungi  kunga  kelib  respublikamizda  degradatsiyaga  uchragan  tuproqlar
            unumdorligini  oshirish  maqsadida  stress  omillarga  chidamli  va  tuproqni  foydali
            xususiyatlarini  tiklay  oladigan  mikroorganizmlar  asosida  preparatlar  tayyorlash  va
            foydalanish  texnologiyalari  ko‘plab  ishlab  chiqilmoqda  va  qishloq  xo‘jaligi
            amaliyotida  foydalanish  keng  yo‘lga  qo‘yilmoqda  (Murodova,  2004,  2005,  2010;
            Myachina va b., 2012; Egaberdieva va b., 2012).
                   Bu  borada  o‘simliklarning  o‘sishi  va  rivojlanishini  boshqarishda,  shu
            jarayonlarni  amalga  oshirish  imkoniyatiga  ega  bo‘lgan  faol  va  foydali
            mikroorganizmlardan  foydalanish  maqsadga  muvofiq,  chunki  ularning  tabiatdan
            ajratilishi  qulay  va  arzon  samaradorligi  esa  yuqoridir.  Shu  nuqtai  nazardan
            sho‘rlangan  tuproqlarning  biologik  faolligini o‘rganish  va  uni  oshirishning  optimal
            yo‘li  sifatida  sho‘rlangan  sharoitlarda  yashashga  moslashgan  biologik  faol


                                                           109
   104   105   106   107   108   109   110   111   112   113   114