Page 106 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 106
Tuproqning mexanik tarkibi va sho‘rlanganlik darajsiga, shuningdek sizot suv
3
sathining joylashish chuqurligiga qarab, 4-5 mingdan, 8-12 ming m /ga gacha va
ba’zan 15 ming m /ga gacha sho‘r yuvish normasi belgilanadi. Shunda tuproq - grunt
3
1,5-2,5 m chuqurlikgacha sho‘rsizlanadi. Qatlamdagi xlor tuzlari 0,20-0,35 dan 0,01-
0,015 % gacha kamayadi. Sho‘r bosgan quruq yerlar ikki asosiy bosqichda
o‘zlashtiriladi:
1) irrigatsiya - melioratsiya jihatdan o‘zlashtirish ─ sug‘orish va sho‘r yuvish
tarmoqlarini yaratish, ularga suv bog‘lash inshoatlari, nov, ko‘priklar qurish, yerlarni
asosli (kapital) tekislash va boshqalar;
2) xo‘jalik jihatdan o‘zlashtirish, sho‘rini yuvish, ekin ekib qishloq xo‘jalik
oborotiga kiritish.
O‘zlashtirilayotgan yerlar tekislanayotganda qalin ustki unumdor qatlamdan
50-60 sm gacha qirib olish mumkin. Tuproq profili bo‘yicha organik moddalar tekis
tarqalmagan bo‘lsa, unumdorligini saqlash maqsadida ustki unumdor qatlam ozroq
30-35 sm gacha olinadi. Kuchli sho‘rlangan tuproqlar va sho‘rhoklar 5-6 martadan
yuviladi. Yaxshi natijalarga erishish uchun birinchi va ikkinchi, ikkinchi va uchinchi
sho‘r yuvishlar oralig‘idagi vaqt 1-2 kun bo‘lishi kerak, keyingi sho‘r yuvishlar
orlig‘idagi vaqt 3-7 kungacha cho‘zilishi mumkin. Beda yerlarni eng yaxshi
o‘zlashtirgich hisoblanadi. Yolg‘iz ekiladi. Beda tuzga chidamsiz bo‘lganligi uchun
uning ustki qatlamlari yetarlicha sho‘rsizlantirilgan tuproqlarga ekish mumkin.
Yaxshi yuvilgan asosiy yerlarga esa chigit ekilishi kerak. Yetarli darajada
sho‘rsizlantirilmagan uchastkalarga makkajo‘xori ekish yaramaydi. U tuzga
chidamsiz bo‘ladi, bunday uchastkalarga faqat tuzga chidamli ekinlar (lavlagi, oq
jo‘xori, kungaboqar) ekish mumkin. Kungaboqar va oq jo‘xori silos uchun ekiladi.
Sho‘rlangan yerlarni sholi ekib o‘zlashtirish. Mexanik tarkibi og‘ir, kuchli
sho‘rlangan, katta sho‘r yuvish normasini talab qiluvchi yerlarni sholi ekish yo‘li
bilan uzlashtirish foydali. Sholi ekilganda sho‘r yozning eng issiq, tuproq va suvning
eng qizigan vaqtida yuviladi. Shunda tuproqdagi tuzlar yaxshiroq va tezroq yuviladi.
Yer o‘zlashtirish va tuproq yuvish maqsadida sholi ekiladigan bo‘lsa, qator meliorativ
talablarga to‘la rioya qilinishi kerak. Eng avval sholi ekiladigan yerga yondosh
uchastkalarning botqoqlanishi va sho‘rlanishiga qarshi, shuningdek kollektor-zovur
tarmoqlarining buzilib ketishga qarshi tadbirlar ko‘rilishi kerak. Sholi ekiladigan
yerda yetarlicha zovur tarmoqlari qazilgan bo‘lishi kerak. Zovur qanchalik yaxshi
ishlasa, sholi sug‘orishda u yerning tuprog‘i shunchalik chuqurroq va yaxshiroq
yuviladi.
Intensiv zovurlashtirilgan yerlarga sholi ekish mumkin. Bu holda tuproqdan
sho‘r yaxshi va tez yuviladi, kollektor-zovur tarmoqlar shikastlanmaydi, sug‘orish
suvi tejaladi va sholi ekilgan yerlarga qo‘shni uchastkalarni suv bosmaydi.
Tuproqning sho‘rlanganlik darajasiga qarab bir yerning o‘zida 1-2 yil ichida sizot suv
sathi pasayilganligi uchun tuproq fizik jihatdan tezroq yetiladi. Bunday sharoitda
tuproqni sho‘rsizlangan holicha saqlash va unumdorligini oshirish maqsadida kuzgi
arpa ekish mumkin. Yaxshilab sho‘rsizlantirgan yerni kuzgi shudgor qilib, g‘o‘za va
boshqa ekinlar ekishga tayyorlash lozim. Kuzda yoki yozda sho‘r yuvish yo‘li bilan
o‘zlashtirilgan barcha yerlar sho‘rlanmasligi va doimo unumdor bo‘lishi uchun
kompleks agromeliorativ tadbirlar - ixota daraxtzorlari barpo qilish, almashlab
106

