Page 110 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 110

mikroorganizmlar  kolleksiyasini  yaratish  O‘zbekistonning  dolzarb  iqtisodiy
            muammolarini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
                   7-bob mavzusi yuzasidan nazorat savollari:
                   1.  Sho‘rlangan  tuproqlar  deb  qanday  tuproqlarga  aytiladi?  Sho‘rhoklarga
            tavsif bering?
                   2.  Sho‘rlanish jarayonini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar?
                   3.  Sho‘rlanish darajasi va tipi nimalarga asosan belgilanadi?
                   4.  Sug‘oriladigan  tuproqlarda  ikkilamchi  sho‘rlanish  qanday  xosil  bo‘ladi?
            Ikkilamchi sho‘rlangan yerlarda qanday muhofazalovchi agromeliorativ tadbirlar olib
            borish kerak?
                   5.  Tuproq sho‘rlanishining tuproq xossalari va o‘simlik hosildorligiga ta’siri
            qanday?
                   6.  Sho‘rlangan  tuproqlarni  melioratsiya  qilishda  nimalarga  e’tibor  berish
            kerak?




              8-bob. Cho‘llanish jarayoni va tuproq degradatsiyasi

              §8.1. Cho‘llanish jarayonining asosiy tiplari va uni belgilovchi indikatorlar.
              Cho‘llanish jarayonini yuzaga keltiruvchi omillar

                   Cho‘llanish jarayoni – tabiy jarayonlar va inson faoliyati natijasida yerlarning
            biologik  mahsuldorligining  pasayishi  yoki  tabiiy  ekotizimlarning  degradatsiyasi
            tushuniladi.  Cho‘llanish  natijasida  ekotizimlarning  o‘z-o‘zini  tiklash  qobiliyati
            butunlay izdan chiqishi mumkin. 1977 yil BMT tomonidan dunyoning cho‘l, yarim
            cho‘l  hamda  qurg‘oqchil  mintaqalarida  cho‘llanishga  qarshi  kurashish  bo‘yicha
            rejalar  qabul  qilingan.  Bu  borada  1992  ytlda  BMTning  Rio-de-Janeyro  shahrida
            o‘tkazilgan  konferensiyasidan  ko‘zlangan  asosiy  maqsad  ham  atrof  muhitda  ro‘y
            berayotgan  bu  kabi  jarayonlarni  oldini  olishga  qaratilgan  edi  (Natsionalnaya
            programma deystviy po borbe s opustыnivaniem v Respublike Uzbekistan, 1999).



            1995 yil 31 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi BMT ning “Cho‘llanish

            va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish” Konvensiyasiga a’zo bo‘ldi.


                   Hozirgi  kunda  Markaziy  Osiyo  hududining  yarmidan  ko‘pi  cho‘llanish
            jarayoniga  uchragan.  Degratsiyaga  uchragan  yerlar  maydoni  Qog‘ozistonda  179,9
            mln.ga,  ya’ni  66%  ni,  Turkmaniston  va  O‘zbekistonda  80%  ni  tashkil  etishi  ham
            muammoning dolzarbligini ko‘rsatadi.
                   Cho‘llanish jarayonining quyidagi tiplari mavjud:
                     tuproq sho‘rlanishi – birlamchi va ikkilamchi sho‘rlanish;
                     o‘rmon va to‘qayzorlarning yo‘q qilinishi;
                     yaylovlarni degradatsiyaga uchrashi;


                                                           110
   105   106   107   108   109   110   111   112   113   114   115