Page 102 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 102
O‘simliklarning sho‘rga chidamlilik darajasiga ularning o‘sish va rivojlanish
davri hamda muhit sharoitlarining ta’siri kattadir. Tuproq sho‘rlanishining mavsumiy
tiklanishini takrorlamaslik va barcha dala ekinlaridan, shu jumladan tuzga kam
chidamli o‘simliklardan yuqori hosilni ta’minlash uchun xlor ionining miqdori 0,01
% dan katta bo‘lmasligi kerak.
Poliz va sabzavot ekinlarining tuzga chidamliligi ham turlicha. Bu xil
ekinlardan bodring, pomidor, tarvuz tuzga juda kam chidamli; karam, qovunlar
ko‘proq chidamli hisoblanadi. Mevali daraxtlar (urug‘li mevalar) ichida olma va nok
tuzga kamroq chidamli. Danakli mevalar (o‘rik, olcha, tog‘olcha) tuzga ancha
chidamli, ayniqsa eng ko‘p chidamli mevalardan - uzum hisoblanadi. Shuningdek,
turli tuman va mintaqalarda ularning tabiiy sharoitlari, tuproq qoplami xarakteri,
qishloq xo‘jalik ekinlarining normal o‘sishi uchun tuproqlardagi tuzlar miqdori
normalari (me’yorlari) turlichaligini ta’kidlash zarur (18-jadval).
18-jadval
Tuproqlardagi tuzlar miqdori normalari
Hudud Tuzlarning me’yoriy miqdori, %
Quruq qoldiq Sulfat ioni Xlor ioni
Mirzacho‘l 0,25-0,30 0,10-0,15 0,008-0,01
Farg‘ona vodiysi, 0,75-1,00 0,30-0,40 0,01-0,0015
Buxoro viloyati
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, Xorazm 0,30-0,50 0,20-0,25 0,03-0,04
viloyati
Farg‘ona vodiysi va Buxoro viloyatlari tuproqlarida tuzlarning yuqori me’yoriy
miqdori (0,75-1,0 % gacha) bu viloyatlar tuproqlardagi tuzlar tarkibida sulfat
tuzlarining o‘simliklar uchun kam zararli tuzlarning ko‘p bo‘lishi bilan, xlorning
yuqori me’yoriy miqdorining Xorazm va Qoraqalpog‘iston rayonlarida ko‘p bo‘lishi
esa (0,03-0,04 % gacha) bu rayonlarlar tuproqlari va grunt suvlarida tuzlarning toksik
(zaharli) ta’sirini susaytiruvchi kalsiy kationining ko‘p miqdorda bo‘lishi bilan
bog‘liq.
§7.3. Sho‘rlangan tuproqlarni, sho‘rhoklarni va sho‘rtoblarni melioratsiya qilish.
Sug‘oriladigan tuproqlarning ikkilamchi sho‘rlanishi va uning oldini olish
Qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, ekinlarning hosildorligini oshirish
bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun tuproqning sho‘rlanishiga va botqoqlanishiga
qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirishning ahamiyati kattadir. Sho‘rlanish va
sho‘rhoklanish jarayonlarning oldini olishda avvalo shu hodisalarni keltirib
chiqaruvchi quyidagi asosiy sabablarni bartaraf qilish kerak:
suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik (chunki bu suvlar sizot suvlariga
qo‘shilib ularning sathini ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi);
tuproq namligining bug‘lanishini har taraflama kamaytirish;
yuza joylashgan sho‘r yoki chuchuk sizot suvlari sathini pasaytirish.
102

