Page 98 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 98

hatto kam sho‘rlangan yerlarda ham asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining
            sezilarli  darajada  kamayishi  kuzatilgan.  Bu  jarayonning  jadallashib  davom  etishi
            yerlarni qishloq xo‘jalik ekinlari uchun yaroqsiz holga olib kelishi mumkin. Aynan
            mana  shu  muammoni  o‘rganish  ko‘pchilik  tadqiqotchilarning  e’tiborini  o‘ziga  jalb
            qilmoqda.
                   Tuzlarning  o‘simliklarga  ko‘rsatadigan  ta’siri  ko‘pgina  tadqiqotchilar
            tomonidan  o‘rganilgan.  Ma’lumki,  tuproqdagi  tuzlarning  o‘simliklarga  bo‘lgan
            zararlilik darajasi har xil bo‘lib, ular uchun eng zararlisi va xavfligi soda (Na 2CO 3)
            hisoblanadi.  Soda  suvda  erib  natriy  ishqorini  (NaOH)  hosil  qiladi  va  bu  tuz
            o‘simliklarga zaharli ta’sir etadi. U ildizlarni kesib, ularni qoraytirib, nobud qiladi.
            Xlor tuzlari ham juda zararli, sulfat tuzlari esa nisbatan kamroq zararli hisoblanadi.
            Qiyin eruvchi tuzlar (SaSO 4, CaCO 3) ning yuqori miqdorlari ham o‘simliklar uchun
            zararsiz. Sho‘rlangan tuproqlarda natriy va magniyning oson eruvchi tuzlari ko‘proq
            uchraydi. Ularning qiyosiy zararliligini quyidagi raqamlar nisbati bilan joylashtirish
            (belgilash) mumkin (Axmedov va b., 2002):


                            Tuzlar            Na 2CO 3  NaCl  MgSO 4  NaHCO 3  Na 2SO 4
                      Zararlilik darajasi        10       5-6        3-5          3            1


                   Tadqiqotlar  natijalari  tuzlarning  o‘simliklarga  ko‘rsatadigan  salbiy  ta’siri
            sulfat-xloridli tipdagi sho‘rlangan tuproqlarda xlorid-sulfatli sho‘rlanishga qaraganda
            birmuncha  ko‘proq  ekanligini  ko‘rsatadi.  Xloridli  sho‘rlanishda  esa  sulfatli
            sho‘rlanishga nisbatan juda yuqoriligi isbotlangan.
                   Tuzlarning  suvda  erish  jarayoni  qattiq  modda  yuzasiga  ikki  qutbli         (dipol)
            suvning ta’sir etishdan boshlanadi. Agar suvninng dipol (ikki qutblilik) vaqti atomlar,
            ionlar va molekulalarning ushlab turuvchi kristal reshetkasidan yuqori bo‘lsa, u holda
            ular qattiq moddadan ajralib eritmaga o‘tadi. Tuzlarning eruvchanligi ularning suvda
            erigan modda va gazlarning tabiatiga, haroratiga va bosimiga bog‘liq bo‘ladi.
                   Suvda  xloridlar  ko‘proq  (yaxshiroq)  erisa  sulfatlardan  MgSO 4  tuzi  yaxshi
            eriydi,  Na 2SO 4  va  K 2SO 4  tuzlari  kamroq,  CaSO 4∙2H 2O  (gips)  juda  yomon  eriydi.
            Haroratning  ortishi  bilan  bir  qator  tuzlarning  eruvchanligi  (MgCl 2,  CaCl 2,  MgSO 4,
            Na 2SO 4) ortadi, gipsning eruvchanligi haroratga deyarli bog‘liq bo‘lmaydi. Na 2SO 4
                                                                                    0
                                        0
                                                   0
            tuzining  eruvchanligi  0   dan  10   gacha  haroratda  past,  30 gacha  ortganda  kam
            hollarda  eruvchanligi  ortadi.  Keyinchalik  esa  butunlay  o‘zgarmaydi.  Tuzlarning
            suvda  eruvchanligi  SO 2  miqdoriga  ham  bog‘liq.  Agar  tuproq  havosida  0,2%  SO 2
            bo‘lsa SaSO 3 ni eruvchanligi odatdagi (SO 3 - 0,03%) ga nisbatan 15 marta ortadi. Bir
            qancha tuzlar ishtirokida tuzlarning eruvchanligining kamayishi kuzatilgan. Tuproq
            eritmasida  NaCl  ning  yuqori  miqdori  qayd  etilganda  gipsning  eruvchanligi  keskin
            ortadi  va  u  kapillyar  suvlar  orqali  yuqoriga  ko‘tarilib,  natijada  tuproqning  ustki
            qatlamida  gipsning  to‘planishi  sodir  bo‘ladi.  MgCl 2  tuzining  eruvchanligi  CaCl 2

            ishtirokida  keskin  kamayadi.  Huddi  shunday  holatni  CaSO 4  tuzining  Na 2SO 4  va
            MgSO 4  ishtirokida  kuzatish  mumkin.  SaSO 3  ning  eruvchanligi  NaCl  ishtirokida
            tahminan 22 martaga, Na 2SO 4 ning ishtirokida esa 50 martaga ortadi. MgCO 3 ning


                                                            98
   93   94   95   96   97   98   99   100   101   102   103