Page 96 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 96

bog‘liqdir.  Uning  sathi  amplitudasi  kirim  va  chiqim  suvlarining  miqdoriga  bog‘liq
            bo‘ladi.
                   Aralash  tip: suv  rejimi  sizot  suvlari  yer  yuzasiga  yaqin  joylashgan  yerlarga
            xos  bo‘lib,  uning  hosil  bo‘lishi  atmosfera  yog‘in-sochini  orqali  tuproqlarni
            namlanishi va kirim suvlari bo‘lsa, sarflanishi esa tuproq qatlamlaridan namlikning
            transpiratsiyasi  va  chiqim  suvlarining  miqdoriga  bog‘liqdir.  Bu  tip  suv  rejimining
            o‘zgarish  sathi  kirim  va  chiqim  suvlarining  nisbatiga  bog‘liq  bo‘ladi.  V.A.
            Kovdaning  ko‘rsatishicha,  bu  tip  suv  rejimining  o‘zgarish  yoki  bir-birining  o‘rnini
            (chiqim  va  kirim  suvlarini)  qoplashi  birinchidan,  yer  yuzasidan  chuqur  joylashgan
            sizot  suvlarining  oqimi  hisobiga,  ikkinchidan,  sizot  suv  kritik  chuqurlikdan  pastda
            chiqim va o‘simliklar orqali namlikni bug‘lanishi va transpiratsiyasi orqali bir-birini
            o‘rnini qoplaydi.
                   Irrigatsion tip: sizot suvlari rejimining bu tipi sug‘oriladigan maydonlarga xos
            bo‘lib,  sizot  suvlari  hosil  bo‘lishiga  asosiy  omil  sug‘oriladigan  suvlarning  dala
            maydonlariga shimilishi, kanal va ariqlardan suvlarni filtrlanishi va nihoyat atmosfera
            yog‘in-sochinidir.  Bu  tip  suv  rejimining  hosil  bo‘lish  xarakterlaridan  biridir.
            Irrigatsion suv rejimida  tuproqning suvli-fizik xossasi ham katta rol o‘ynaydi. Bunga
            suv o‘tkazuvchanlik, tuproq nam sig‘imi, mexanik tarkibi, struktura holati va tuproq
            qatlamlarining tuzilishi misol bo‘la oladi. Agar tuproqning suv o‘tkazuvchanligi va
            struktura  holati  yaxshi  bo‘lsa,  sizot  suvlarining  yer  yuzasiga  ko‘tarilishi  yaxshi
            bo‘ladi,  uning  pasayishi  esa  bug‘lanish  miqdori,  tuproq  va  uning  qatlami
            kapillyarlari, temperatura, namlik, shamol rejimi va h.k. bog‘liqdir.
                   Sizot suvlari parlanishining sekinlashishi yoki to‘xtashi tuproq qatlamlarining
            xarakteri va uning satxiga bog‘liq ravishda kechadi. Masalan, Mirzacho‘l yerlarining
            lyosslar ustida hosil bo‘lgan och tusli bo‘z tuproqlarida sizot suvlarining sathi 3,5-4
            metrga  pasayganda  parlanish  to‘xtaydi.  Farg‘ona  vodiysining  og‘ir  prolyuvial

            qumoqlar ustida hosil bo‘lgan o‘tloq tuproqlarida sizot suvlari sathi 2 metrda, qumli
            tuproqlarda  esa  1  -  1,2  metrda  parlanish  to‘xtaydi.  Bundan  tashqari  sizot  suvlari
            sathining o‘zgarishi sug‘orish rejimiga ham bog‘liqdir (sug‘orish soni va suv berish
            normasi). Masalan, dasht zonasining donli o‘simliklariga namlik asosan yoz oylarida
            ko‘proq  kerak  bo‘ladi.  Bunday  sharoitda  bu  yerlarda  tuproqlarni  namlatish  bilan
            o‘simliklarni  suvga  bo‘lgan  talabi  qondiriladi,  ya’ni  vegetatsiya  davrida  1-2  marta
            kichik suv normasi berilsa yetarli bo‘ladi. Shuning uchun sug‘orish suvlari faqat sizot
            suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan yerlargagina ta’sir qiladi.
                   Cho‘l va yarim cho‘llarda quruq va issiq o‘lkali mamlakatlarida bu o‘simliklar
            vegetatsiya  davrida  4-5-7  marotaba  sug‘orish  bilan  hosil  beradi.  Shu  sabab  sizot
            suvlarining  ko‘tarilishi  tezlashadi.  Bu  esa  o‘z  o‘rnida  tuproqlarning  qayta
            sho‘rlanishiga olib keladi.
                   Tuproqda  tuzlar  to‘planishida  biologik  sikl.  O‘simliklar,  hayvon
            organizmlari  va  mikroorganizmlar  hayoti  jarayonida  ko‘p  miqdordagi  mineral
            moddalarni  o‘zlariga  qabul  qilishadi.  Organik  moddalar  minerallashgandan  keyin
            tuproqlarda  to‘planadi  va  boshqa  yangi  geoximik  aylanish  sikliga  o‘tadi.  Bunda
            moddalarning  bir  qismi  tuproqdan  yuvilib  ketadi,  bir  qismi  esa  qatlamlarida  kam
            harakatchan ikkilamchi minerallarga aylanib tuproq tomonidan singdiriladi, yana bir
            qismi esa boshqa organizmlar tomonidan surilib yana yangi biologik  siklga o‘tadi.
                                                            96
   91   92   93   94   95   96   97   98   99   100   101