Page 101 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 101
Turli tuproq sharoitlarida o‘suvchi o‘simliklarning tuzga chidamlilik darajasi
bir xil emas. Ular bir qator omillarga: o‘simlik turlari va biologik xossalarga, aynan
o‘simliklar navi, o‘simliklar yoshiga, tuproqdagi tuzlar tarkibiga, oziqa moddalari va
namlikka, ayniqsa tuproqdagi organik moddalar miqdoriga bog‘liq. Madaniy
o‘simliklar, umuman olganda sho‘rga chidamsiz yoki kam chidamliligi bilan
xarakterlanadi, ular ichida dukkakli ekinlar (mosh, loviya, no‘xat) tuzga juda kam
chidamli hisoblanadi. Ayrim o‘simliklar tuzga o‘ta chidamli, masalan, lavlagi (qand
lavlagi, osh lavlagi, yem sifatida ishlatiladigan hashaki lavlagi), oq jo‘xori. Nisbatan
sho‘rga chidamli ekinlarga paxta, ayniqsa uning ingichka tolali navlari (Gossipium
barbadense L) o‘rta tolali navlarga (Gossipium hirsitum L) nisbatan sho‘rga chidamli
hisoblanadi.
Sho‘rga chidamlilik o‘simliklarning yoshiga qarab o‘zgarib turadi. Tuzning
o‘simliklarga dastlabki ta’siri, urug‘larning unib chiqishi, nihollarning o‘sishi va
vegetatsiyaning boshlanish davrlariga to‘g‘ri keladi.
O‘simliklar uchun nisbatan zararsiz bo‘lgan sulfat tuzlari ko‘p bo‘lgan
tuproqlarda (Farg‘ona vodiysi, Buxoro viloyati) ekinlarning tuzga chidamliligi
yuqoriroq, xlor tuzlari ko‘p bo‘lgan tuproqlarda esa kamroq. O‘simliklarning sho‘rga
chidamliligini belgilovchi muhim omil bu – tuproq namligi hisoblanadi. Tuproqlarda
tuzlar tarkibining bir xilda bo‘lishiga qaramay, o‘simliklarning tuzga chidamliligi
tuproq namining ortib borishi bilan ko‘payadi, chunki bu vaqtda tuproq eritmasining
konsentratsiyasi ortadi.
O‘simliklarning tuzga chidamliligi borasida tuproqdagi oziqa moddalarning
miqdori ham ahamiyatga ega. Yuqori unumdor tuproqlarda va dalalar organik
moddalar bilan o‘g‘itlanganda o‘simliklar tuzlarning salbiy ta’siriga kamroq duchor
bo‘ladilar.
Biroq, yuqori darajada sho‘rlangan tuproqlarga katta normalarda mineral
o‘g‘itlarni bir tomonlama solish foyda keltirmaydi. Aksincha, zarar keltirishi
mumkin, chunki buning natijasida tuproq eritmasining yuqori konsentratsiyasi yanada
ortib ketishi mumkin (17-jadval).
17-jadval
O‘simliklarning tuzga chidamliligi va ular vegetatsiya davrining birinchi
bosqichlarida normal o‘sishi uchun tuproqdagi xlorning me’yoriy miqdorlari
Tuzga Qishloq xo‘jalik ekinlari Tuproqdagi xlor Tuproq eritmasining
chidamlilik miqdorining xlor bo‘yicha
darajasi chegarasi, % konsentratsiyasi, g/l
Juda kam Beda, mosh, loviya, no‘xat 0,008-0,01 0,42-0,53
Kam Bug‘doy, arpa, 0,01-0,015 0,53-0,79
makkajo‘xori
O‘rtacha Paxta, shabdar 0,015-0,02 0,79-1,05
Yuqori Lavlagi, oq jo‘xori 0,03-0,04 1,58-2,10
Baland Kungaboqar 0,04-0,06 2,10-3,16
101

